214
etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va majburiyatlari, bank
xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan komissiyalar hamda boshqa shartlar
belgilab olinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida mijozlarning bank hisobvarag‘iga kelib
tushgan mablag‘larni kiritib qo‘yganlik uchun (kredit aylanmasi uchun)
vositachilik haqi undirish borasida shart belgilanishi taqiqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan
rezident yuridik shaxslar, yakka
tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar
taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yashash joyi bo‘yicha
davlat soliq
xizmati organi tomonidan berilgan Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni
olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi
guvohnoma nusxasi;
c) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
d) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha.
e) tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar
tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalarning
nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari
va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan
nusxalari;
f) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega
shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat).
Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan
nusxa olinadi.
Mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi
va moliyaviy boshqarish
215
vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab
etilmaydi.
Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi sud orqali quyidagi
hollarda bekor qilinishi mumkin:
1) mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi bank
qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa, agar
bunday summa bank tomonidan bu haqda mijozni ogohlantirgan kundan boshlab
bir oyda tiklanmasa;
2) bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa
muddat nazarda tutilgan
bo‘lmasa, ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar amalga
oshirilmagan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: