299
talabga javob
beradigan darajadagi saqlash, qo‘riqlash, shuningdek tovar-moddiy
zaxiralar hisobining to‘g‘ri yuritilishi va boshqalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni
umumlashtirishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy
talablar:
tashkilot bo‘linmalarida zaxiralar harakatining
ombor hisobi va tezkor
hisobi ma’lumotlarining buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlariga
muvofiqligini;
moliyaviy hisobotda aks ettirilgan tmzlar bo‘yicha ma’lumotlarning
haqqoniyligini;
zaxiralar miqdori va bahosinnng buxgalteriya hisobi tezkorligini;
zaxiralarning harakatlanish jarayoni (kelib tushishi,
joylashtirilishi va
chiqib ketishi) va shuningdek haqiqiy mavjudligini to‘laqonli va uzluksiz tartibda
to‘la aks ettirishni;
tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha (aylanmalari va qoldiqlari bo‘yicha)
sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga muvofiqligini
ta’minlash.
Ushbu talablarni bajarish maqsadida buxgalteriya
hisobi oldiga bir
qancha vazifalar qo‘yiladi (24-rasm).
Tovar-moddiy zaxiralarni ma’lum muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni
tuzish sanasigacha) bo‘lgan davrda xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida bo‘lgan
barcha zaxiralar, ular qayerda joylashgan bo‘lishidan
qati nazar, tovar-moddiy
zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, buyumni xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-
moddiy zaxiralariga o‘tkazishning xal qiluvchi mezoni bo‘lib
uning mazkur
buyumga bo‘lgan mulkiy huquqi hisoblanadi. Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi
subyektga tegishli hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan
buyumlar bo‘lishi mumkin. Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan
tovarlar yoki tovar-moddiy zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari
rasmiylashtirilib, ammo o‘z vaqtida xaridor tomonidan
olib chiqib ketilmagan
300
tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-
moddiy zaxiralariga kirmaydi.
24-rasm.
Dostları ilə paylaş: