292
31-jadval
Muomalalarni aks ettirish
T/r
Xo‘jalik
operatsiyalarining
mazmuni
Summa,
ming
so‘mda
Debet
Kredit
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
1. Kredit olindi
600
5110
6810
Kredit shartnomasi
2.
Tovar qiymati savdo
tashkilotiga to‘landi
600
6990
5110
To‘lov
topshiriqnomasi,
bank ko‘chirmasi
3. Kreditga sotilgan tovar
bo‘yicha xodimning qarzi
aks ettiriladi
600
4710
6990
Buxgalteriya hisob-
kitobi
4.
Kreditni qaytarishga
yo‘naltiriladigan ish haqi
summasi aks ettiriladi (har
oyda)
150
6710
4710
Ish haqini hisoblash
qaydnomasi
5. Kreditni qaytarish hisobiga
ushlab qolingan
summalarning o‘tkazilishi
(har oyda)
150
6810
5110
To‘lov
topshiriqnomasi,
bank ko‘chirmasi
O‘zR FKning 790-moddasi ham pul mablag‘lari bilan,
ham boshqa mulk
buyumlari bilan qarz berish va olish imkoniyatini beradi. Bunda O‘zR FKning
734-735-moddalariga ko‘ra qarz shartnomasi bo‘yicha pul mablag‘lari qarz
oluvchiga ular tomonidan qarz summasidan foizlar to‘lanishi yoki to‘lanmasligi
sharti bilan berilishi mumkin.
Qarz summasi miqdori, qaytarish tartibi va
muddatlari hamda ushbu summadan foizlar to‘lash
qarz shartnomasida majburiy
belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
293
Qarz olish xodimning qarz yoki ssuda so‘ralish sabablari ko‘rsatilgan holda
korxona rahbari nomiga iltimosnomasi (arizasi) asosida rasmiylashtiriladi. Qarz
yoki ssuda berish to‘g‘risidagi qarorni korxona rahbari mustaqil ravishda qabul
qiladi (agar mulkdorga tegishli vakolat berilgan bo‘lsa).
Xodimga qarz yoki ssuda berish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan taqdirda
xodim yozma shaklda uni qaytarish to‘g‘risida majburiyatnoma (qarz shartnomasi)
tuzadi.
Agar qarz shartnomasining predmeti bo‘lib buyumlar hisoblansa, unda qarz
oluvchiga buyumlarni berishda ularga bo‘lgan mulk huquqi qarz oluvchiga o‘tadi
hamda ushbu operatsiyani buxgalteriya hisobida aks ettirishda buyumlarni qarz
beruvchining balansidan hisobdan chiqarish lozim.
Dostları ilə paylaş: