7.4. Buxgalteriya hisobining shakllari
Buxgalteriya hisobining shakli
deb hisob registrlaridan foydalanishning
137
ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga
aytiladi.
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining
o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish
texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir.
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya
hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini
tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
-
korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;
-
korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo.
Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi
shart.
Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi:
–
memorial order shakli;
–
bosh daftar shakli;
–
jurnal order shakli;
–
axborot texnologiyalariga asoslangan shakl.
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq
qiladi:
1.
Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.
2.
Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.
3.
Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.
4.
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.
5.
Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik
yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini yuritish mumkin.
Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi
138
14-jadval
Dostları ilə paylaş: |