220
tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari,
akademik litseylar va
tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash
jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga
jamg‘arib boriladigan badallar bo‘yicha to‘lovlarni undirish uchun;
debitorlarning
bank
hisobvaraqlariga
o‘zaro
hisob-kitoblarning
solishtirma dalolatnomasini ilova qilgan holda soliq to‘lovchining soliq qarzi
summasini undirish uchun;
yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzni undirish uchun;
b) bojxona organlari — o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlari va
jarimalarni undirish to‘g‘risida;
c) sud ijrochilari va undiruvchilar — ijro hujjatlari bo‘yicha pul
mablag‘larini undirish to‘g‘risida;
d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika
byudjetidan
moliyalashtirish
jarayonida
belgilangan
miqdordan ortiq o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarish uchun byudjet tashkilotlarining
byudjet hisobvaraqlariga;
tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo‘yilgan O‘zbekiston
Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari va ular bo‘yicha hisoblangan
foizlari o‘z vaqtida qaytarilmagan
taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga;
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan xorijiy kreditlarni
qaytarish va foizlar to‘lash bilan bog‘liq majburiyatlar bo‘yicha qarzdorlarning
milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga.
Inkasso topshiriqnomasi bankka quyidagi tartibda taqdim qilinadi:
a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga
bitta bank tomonidan
xizmat ko‘rsatilganda — inkasso topshiriqnomalari to‘rt nusxada taqdim qilinadi.
221
Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi, ikkinchi va uchinchi nusxalari — ijro uchun bankda qoldiriladi;
to‘rtinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning
hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi;
b) bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso
topshiriqnomalari uch nusxada bevosita mablag‘larni to‘lovchiga
xizmat
ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi va ikkinchi nusxalari — ijro hujjatlari
ilova qilingan holda ijro
uchun bankda qoldiriladi;
uchinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning
hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi;
c) hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari
uch nusxada faqatgina mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim
qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi va ikkinchi nusxalari — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda
mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va
unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat
ko‘rsatuvchi bankka yuboriladi;
uchinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning
hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi.
Mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan inkasso
topshiriqnomasini bajarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan
xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, inkasso
topshiriqnomasining:
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
222
ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi;
uchinchi nusxasi — shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga
mablag‘larni oluvchiga beriladi;
b) bir hudud ichida hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to‘lov
amalga
oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining:
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi;
c) hududlararo hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to‘lov amalga
oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining:
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi.
Dostları ilə paylaş: