223
tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilganidan)
keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan
talablar.
Akkreditiv quyidagi turlarga bo‘linadi:
-
qoplangan (deponentlangan) akkreditiv;
-
qoplanmagan akkreditiv.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag‘larni
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning o‘z
mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni mablag‘larni to‘lovchiga xizmat
ko‘rsatuvchi bankning majburiyatlari amal qilib
turadigan butun muddatga
mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank ixtiyoriga o‘tkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat
ko‘rsatuvchi bank mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka
akkreditivning butun summasini mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi
bankning mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankda yuritilayotgan
hisobvarag‘idan o‘chirish huquqini beradi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib
olinmaydigan shaklda bo‘lishi mumkin. Akkreditivda
uning chaqirib olinmasligi
nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv
hisoblanadi.
Chek
— chek beruvchining hisobvarag‘idan chek oluvchining
hisobvarag‘iga chekda belgilangan summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriq nazarda
tutilgan hisob-kitob hujjati.
Chek-hisob-kitob hujati bo‘lib chek beruvchining chek oluvchining
hisobiga chekda belgilangan (nazarda tutilgan) summani (mablag‘ni) o‘tkazish.
28
Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq «Davlat belgisi»
davlat-ishlab
chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami,
mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va firma belgisi
28
Accounting, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 72 page, 2014
224
bosma shaklda chor etiladi.
Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-
kitoblarda qo‘llaniladi.
Chekning maksimal summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan,
minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar
tomonidan belgilanadi.
BPK
— bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov
vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi
mablag‘lari
doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz
hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va
bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi.
BPKlardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan
amalga oshiriladigan
naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va
bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda foydalaniladi.
Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va
ularga xizmat ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: