241
ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish;
sarflangan mehnat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda
o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish;
hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlar o‘rtasida to‘g‘ri
taqsimlash;
ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalda qo‘llash;
mehnatga haq to‘lash fondini to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib
borish.
Asosiy bulmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy-joy va
kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda
maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
- ishchilar;
- xizmatchilar
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, to‘zatish, yuklarni
kuchirish, yulovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita band
bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar
tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga xujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib
boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar,
tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
Dostları ilə paylaş: