243
vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 16, 24 va 25-moddalari.)
- sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan; (O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 42, 88, 155-moddalari va 13-bobi
(“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati”)).
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan
ishlar
majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
Mehnat Kodeksi mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki
bekor bo‘lishi bilan bog‘laydigan muddatning o‘tishi uning boshlanishi
belgilangan kalendar kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi.
Jamoa shartnomasi
— korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi
mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi
normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi
— muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat
shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi
majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar
bilan ish beruvchilarning
mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning
ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida
tuziladi.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf
etish va
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har
kimning mutlaq huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lolmaydi.
Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining
berul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Ishsizlar
— o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini
olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga
yoki daromad keltiradigan
mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga
tayyor bo‘lgan yohud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki
244
malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim
muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo‘lmagan
shaxslar
uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib
berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini
hisobga olgan holda haq to‘lanadigan
boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish
Dostları ilə paylaş: