253
qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tarif stavkasi
– ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul
ko‘rinishida ifodalanishidir.
33
Tarif setkasi
- bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsientlari
ko‘rsatiladigan xujjatdir.
34
Lavozim maoshi
– bu xodim tomonidan to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish
haqi miqdoridir. Odatda, lavozim maoshlari mehnati vaqtbay usulda to‘lanadigan
ishchilarga o‘rnatiladi.
Xususiy tadbirkorlik byudjet sohasidan farqli o‘laroq mustaqil ravishda
mehnat haqining shakli va tizimini, mukofotlarni, ustamalarni, qo‘shimcha
to‘lovlarni va rag‘batlantirish to‘lovlarini mustaqil belgilashi mumkin. Davlat tarif
stavkalari va okladlarini hodimlarning lavozimi, malakasi va ular bajaradigan
ishning murakkabligidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishda
baza sifatida foydalanish mumkin.
Korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimni mustaqil belgilaydilar.
Dostları ilə paylaş: