250
U ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq
belgilanadi.
Xodim o‘zining bevosita majburiyatlarini amalda bajarmagan,
hatto ish
joyida ham bo‘lmagan, biroq ish beruvchining ixtiyorida bo‘lgan vaqt ham ish
vaqtiga kiritiladi. Masalan, bekor turib qolishlar,
xizmat safarlari, vaxtadagi
smenalar o‘rtasidagi dam olishlar, ish joyida dam
olish va ovqatlanish vaqtlari,
agar ishlab chiqarish shartlariga ko‘ra ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish
uchun maxsus tanaffus belgilash mumkin bo‘lmasa, ish vaqti hisoblanadi. Xodim
o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan dam olish vaqtlari – ish vaqti
hisoblanmaydi, xodim bu vaqt davomida o‘z mehnat vazifalaridan ozod bo‘ladi va
ish joyida bo‘lmasligi mumkin.
Ish vaqtining normal muddati
haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin
emas. Bu norma qonunda belgilangan va tomonlarning kelishuvlariga ko‘ra yoxud
boshqa me’yoriy yoki lokal hujjatlar bilan o‘zgartirilishi mumkin emas. U har bir
korxonadagi Ichki mehnat tartibi qoidalarida mustahkamlab qo‘yiladi va xodimlar
ham, ish beruvchilar ham unga rioya qilishlari shart. Ish beruvchi tomonidan
korxonadagi
barcha xodimlar, ayrim toifadagi xodimlar va tomonlarning
kelishuviga ko‘ra ayrim xodimlar uchun aniq ish vaqti muddati haftasiga 40 soat
doirasida belgilanadi.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning
shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni
inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar
va boshqa normativ hujjatlar,
shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni
kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar (O‘zR MK 242-modda);
I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 220-moddaning
uchinchi qismi);
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK
251
117-modda);
alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar (O‘zR MK 118-modda);
uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan
moliyaviy jihatdan
ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (O‘zR MK 228-
1-modda).
Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq,
ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun
(
Dostları ilə paylaş: