Tovar-moddiy zaxiralarini aktiv sifatida tan olish mezonlari
Kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy nafning kelib tushishiga
ishonch mavjudligi
Aktivning qiymati ishonchli baholanishi mumkinligi
Ularga bo’lgan mulkiy huquqining korxonaga o’tganligi
305
boshqarishga bog‘liq bo‘lgan barcha bo‘lajak daromadlar (ular odatda tovar-
moddiy zaxiralarning chiqib ketishi, shuningdek sotilishidan tushadigan
daromadlar shaklida namoyon bo‘ladi) o‘ziga tegishli bo‘lishiga ishonch hosil
qilishi lozim va mazkur obyektga egalik qilishga bog‘liq barcha tavakkalchilikni
(jumladan mulkning tasodifan ishdan chiqishi yoki buzilishi xavfi, shuningdek uni
saqlash, qayta ishlash va hisobdan chiqarishga bog‘liq ko‘zda tutilgan xarajatlarni)
o‘z zimmasiga oladi. Iqtisodiy naf olish ehtimolligining mavjudligi korxona aktiv
bilan bog‘liq bo‘lgan, iqtisodiy moddiy boyliklarga ega bo‘lishi va shunga
muvofiq tegishli tavakkalchilikni o‘z zimmasiga olishi xususida oydinlik
kiritilishini taqozo etadi. Odatda iqtisodiy manfaatlar va tavakkalchiliklar korxo-
naga to‘liq o‘tgandagina bunday aniqlik paydo bo‘ladi. Bungacha esa aktivni xarid
qilish operatsiyasi deyarli talafotlarsiz (jarimalarsiz) bekor qilishini mumkin,
shuning uchun aktiv tan olinmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning yuqorida keltirilgan aktivning
qiymati ishonchli baholanishi mumkinligi sharti
buxgalteriya hisobi amaliyotida
odatda oson qoniqtiriladi, chunki aktivni xarid qilish operatsiyasi natijasida uning
qiymati aniqlanadi. Masalan, tovar-moddiy zaxiralar boshqa shaxslardan sotib
olinayotganda ularning qiymatini baholashning asosiy ishonchli ko‘rsatkichi tovar-
moddiy zaxiralarning tomonlarni qoniqtiradigan va oldi-sotdi shartnomasida
ko‘rsatilgan bahosi hisoblanadi; tovar-moddiy zaxiralar korxonaga bepul kelib
tushganda baholashning asosini tegishli o‘tkazish hujjatlarida ko‘rsatilgan tovar-
moddiy zaxiralar qiymati yoki ular kelib tushgan paytdagi bozor qiymati tashkil
kiladi. Bunda, agar aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z kuchi bilan mustaqil
yaratilgan bo‘lsa, uning qiymatini materiallar, ishchi kuchini sotib olish bo‘yicha
tashqi tomonlar bilan olib borilgan operatsiyalar hamda tovar-moddiy zaxiralarni
yaratish (ishlab chiqarish) jarayonidagi boshqa xarajatlar asosida ishonchli
baholash mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning uchinchi sharti, ularga bo‘lgan
mulkiy huquqining korxonaga o‘tganligi shundan kelib chiqadiki, ma’lum
306
muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni tuzish sanasigacha) bo‘lgan davrda
xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida bo‘lgan barcha zaxiralar, ular qayerda
joylashgan bo‘lishidan qati nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni,
buyumni xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga o‘tkazishning
hal qiluvchi mezoni bo‘lib uning mazkur buyumga bo‘lgan mulkiy huquqi
hisoblanadi. Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hududda
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan buyumlar bo‘lishi mumkin.
Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan tovarlar yoki tovar-moddiy
zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilib, ammo o‘z vaqtida
xaridor tomonidan olib chiqib ketilmagan tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular
xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga kirmaydi.
Sotib olingan va hali yo‘lda bo‘lgan tovarlar, agar ularga bo‘lgan mulkiy
huquq xo‘jalik yurituvchi subyektga berilgan bo‘lsa, uning tovar-moddiy zaxirasi
hisoblanadi. Mulkiy huquqning berilishi sanasi odatda tovarlarni sotib olish
shartnomasida belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga ta’minotchi
tomonidan yuklab jo‘natilgan, mulkiy huquq xaridorga o‘tmagan, ammo qabul
qilish paytida xaridor tomonidan yaroqsiz deb topilgan va kaytarilishi lozim
bo‘lgan tovarlar kiritilmaydi.
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. 4-son BHMSning 11-bandiga muvofiq, materiallarni baholash
quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yisa – balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy
tannarx bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor
bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Materiallari sotib olish bila bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga
kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
-
materiallarning shartnoma qiymati;
-
boj to‘lovlari va yig‘imlari;
-
materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga
307
to‘lanadigan kossiion haqlar;
-
materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan
o‘tkizish xarajatlari;
-
transport-tayyorlov xarajatlari;
-
transportirovka qilish tavakklchiliklarini sug‘urtalish xarajatlari.
Materiallarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo‘lishini tasdiqlovchi
boshlang‘ich hujjatlarga asoslanadi. Bu hujjatlarga hisobvaraq-faktura, qabul
qilish-topshirish dalolatnomasi, inventarlash dalolatnomasi va boshqalarni kiritish
mumkin.
Xarid qilingan materiallarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv
ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni
chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha
komissiya va boshqa bank xizmatlari), materiallarni xarid qilish bo‘yicha
kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar
hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar
materiallarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida
xarajatlar sifatida tan olinadi.
Materiallar kredit hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kredit
(qarz)dan foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar uning hisobidan
butkul yoki qisman sotib olingan materiallarning tannarxiga kiritilmaydi.
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri
bo‘yicha hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan materiallar qiymatiga kiritiladi:
a) transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan
badalning pul bahosiga qo‘shish, tekinga olingan va h.k. joriy qiymatiga qo‘shish).
Transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri) kiritish usulini ko‘p bo‘lmagan nomenklaturadagi tovar-moddiy
zaxiralarga ega bo‘lgan tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning
alohida turlari va guruhlarining qiymati katta ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda
308
qo‘llash maqsadga muvofiq;
b) etkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov
xarajatlarini alohida sintetik 1510-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”
schyotiga olib borib, keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo‘yicha tovar-
moddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga
va (yoki) davr xarajatlariga kiritish.
Tovar-moddiy zaxirani baholashning ikki usuli bor ular: yalpi foyda usuli va
tovar-moddiy zaxiraning chakana savdo usuli.
47
Ishlab chiqarish zaxiralarining xaqiqiy tannarxini aniqlash, ularni
baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirishladi:
1.
Donalab baholash.
2.
FIFO (birinchi tushum oxirgisi zaxiraga).
3.
O‘rtacha qiymat usuli (AVECO).
Materiallarni hisobdan chiqarish tartibi korxonaning hisob siyosatida
belgilanishi lozim.
Har bir birlik tannarxi usuli bo‘yicha alohida tartibda ishlatiladigan
mteriallar (qaimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar) baholanadi. Bunday
materiallarning birligi odatda yagona namunada bo‘ladi.
Materiallarni FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarish zaxiralar oy davomida
va boshqa davrda ularni sotib olish ketma-ketligi bo‘yicha foydalaniladi degan
taxmindan kelib chiqib hisoblangan bahoda amalga oshiriladi. Bu usul
qo‘llanganda oyning oxiriga zaxirada turgan materiallarni baholash vaqtga ko‘ra
oxirgi sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha amalga oshiriladi,
sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlar tannarxida esa vaqtga ko‘ra avval
sotib olinganlarning tannarxi hisobga olinadi.
O‘rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuliga muvofiq, har bir birlikning
qiymati davr boshiga o‘xshash birliklarning o‘rtacha tortilgan qiymatidan hamda
davr mobaynida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklarning
47
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014; 103-bet.
309
qiymatidan aniqlanadi. Materiallarning o‘rtacha qiymati davriylik asosida (davriy
hisob) yoki har bir qo‘shimcha yetkazib berish jarayonida (uzluksiz hisob)
hisoblanishi mumkin.
34-jadval
Dostları ilə paylaş: |