O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Sof sotish qiymati
– tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni 
sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
Har bir modda bo‘yicha usul - 
tovar-moddiy zaxiralarning har moddasi 
(navi, markasi, turi va shu kabilar) tannarxi va sof sotish qiymati solishtiriladi 
(taqqoslanadi) va ushbu ikki qiymatdan eng pasti har bir modda bo‘yicha 
moliyaviy hisobotga kiritiladi.
Asosiy tovar guruhlari usuli - 
tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki 
sof sotish qiymatidan eng pasti, TMZlarning har bir kategoriyasi yoxud guruhi 
bo‘yicha umumiy summadan kelib chiqib aniqlanishi ko‘zda tutiladi.
Zaxiralar umumiy hajmi usuli -
tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki 
sof sotish qiymatidan eng pasti zaxiralar tannarxining umumiy summasi va sof 
sotish qiymatining umumiy summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
 
13.3. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari 
Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlariga bog‘liq holda tovar-moddiy 
zaxiralar hisobi uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri 


311 
bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
48
Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish.
Tovar-moddiy 
zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy 
zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi 
bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Natijada butun hisobot davri 
mobaynida quyidagilar aniq bo‘ladi: ma’lum bir tovar-moddiy zaxiralarning 
mavjudligi va sotilgan zaxiralarning tannarxi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning 
tannarxi, sotishning borishiga qarab “Sotilgan mahsulot tannarxi” schyotida aks 
ettiriladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish. 
Davriy hisobga olish tizimi 
qo‘llanilganida yil davomida tovar-moddiy zaxiralarni batafsil hisobi yuritilmaydi. 
Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya 
natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni 
inventarizatsiyasi yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas, chunki sotilgan 
tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini hisob-kitob qilish quyidagi formula bilan 
amalga oshiriladi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin