13.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Daval xom ashyosi - daval xom ashyosini qayta ishlash to‘g‘risida tuzilgan
shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan mahsulotni
qaytarib berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash uchun boshqa shaxsga -
qayta ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga tegishli bo‘lgan xom ashyo va
materiallar.
Buyurtmachi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga
berayotgan tashkilot;
334
Qayta ishlovchi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga qabul
qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni kelgusida buyurtmachiga qaytarib
beruvchi tashkilot.
Daval xom ashyosini qayta ishlovchiga berish “Daval xom ashyosini qabul
qilish-topshirish dalolatnomasi” yoki “Daval xom ashyosini topshirish nakladnoyi”
bilan rasmiylashtiriladi.
Daval xom ashyosi harakatining nazoratini ta’minlash maqsadida “Daval
xom ashyosini hisobga olish vedomosti”ni yuritish lozim. Daval xom ashyosini
hisobga olish vedomosti qayta ishlovchining rahbari tomonidan qonunchilikda
belgilangan tartibda vakolatlangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Daval xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachiga
qaytarib berilganda, daval xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarning
haqiqatda bajarilganligini tasdiqlovchi schyot-faktura hamda “Daval xom
ashyosini
qayta
ishlashdan
olingan
mahsulotni
qabul
qilish-topshirish
dalolatnomasi” va “Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” yozib
beriladi.
“Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” ikki nusxada
tuziladi, qayta ishlovchining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi
nusxa buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta ishlovchida qoladi.
Masala. “Paxta tozalash” AJ (davalga beruvchi) o‘zi qayta ishlashga
ulgurmayotgan paxta xom-ashyosini daval asosida qayta ishlash uchun o‘ziga eng
yaqin joylashgan “Amu paxta tozalash” AJ (qayta ishlovchi) bilan shartnoma
tuzdi. Daval asosida beriladigan paxta xom-ashyosining qiymati 17 000 000 so‘m.
“Amu paxta tozalash” AJ daval asosida berilgan paxta xom ashyosining 2 000 000
so‘m qiymatdagi chigitini qaytarib berdi. Taxminiy smetaga muvofiq daval asosida
berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar
qiymati 1 800 000 so‘mni tashkil etadi. Shartnoma shartiga ko‘ra daval asosida
berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar
uchun haq to‘lash taxmnniy smetada ko‘rsatilgan kiymatning 40 % oldin avans