339
Debet 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyoti - aybdor shaxs yoki
moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy
zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy
(balans) qiymati o‘rtasidagi farqiga;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”
schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga.
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan
undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining
kamomadidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya
hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyoti;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”
schyoti.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-
moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash tovar-moddiy
zaxiralarining bozor qiymati bo‘yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va
aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettiriladi:
Debet “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar”;
Kredit 9390 “Boshqa operasion daromadlar” schyoti.
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning
undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet “Pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar” (5000, 5200,
5600,5700) yoki “Mehnat haqi bo‘yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi
schyotlar” (6700), yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi”
Dostları ilə paylaş: