O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Qimmatli qog‘ozlar sotilishini hisobga olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Qimmatli qog‘ozlar sotilishini hisobga olish 
№ 
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni 
Summa Debet 
Kredit 
1 Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan 
daromad aks ettirildi 
540000 
4010 
9220 


354 
2 Sotilgan qimmatli qog‘ozlarning balans 
qiymati hisobdan chiqarildi 
500000 
9220 
0610 
3 Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan moliyaviy 
natija aks ettirildi 
40000 
9220 
9320 
 
14.4. Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi 
 
Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan qisqa 
muddatli (bir yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari (qo‘yilmalar) davlat 
qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va 
boshqalarning naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar”; 
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”; 
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”. 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida aktsiyalarga, davlat qarzlarining foizli 
obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan qisqa muddatli 
investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” 
schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi. 
Korxonada aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib 
olinishi 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debetida va pul mablag‘larini 
hisobga oluvchi schyotlar va agar qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov moddiy yoki 
boshqa qiymatliklar (pul mablag‘laridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy 
va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida 
hisobga olinadi. 
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olish 
bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal 
qiymati o‘rtasidagi farqni shunday hisobdan chiqarish yoki qo‘shimcha 


355 
hisoblanishi kerakki, 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida hisobga olingan 
qimmatli qog‘ozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq 
bo‘lishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanadigan 
vaqtgacha bo‘lgan davrda 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debeti 
(qo‘shimcha hisoblash)da yoki krediti (hisobdan chiqarish) da, 9590 “Moliyaviy 
faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa 
xarajatlar” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida hisobga olingan obligatsiya va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarning qoplanishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning 
debeti va 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. 
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotida korxonaning boshqa 
korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga 
olinadi. 
Berilgan qarzlar 5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida 
pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Qarzlarning qaytarilishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. 
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotida korxonalarning bank va boshqa 
omonatlarga so‘mda va chet el valyutasidagi qo‘yilmalarining harakati hisobga 
olinadi. 
Omonatlarga pul mablag‘larining o‘tkazilishi korxonalarda 5890 “Boshqa 
joriy investitsiyalar” schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar 
summasi qaytarilganda korxonada teskari yozuv amalga oshiriladi. 
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800) bo‘yicha 
analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qo‘yilmalar 
amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar 
va hokazolar) bo‘yicha yuritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin