352
47-jadval
Qimmatli qog‘ozlarni sotishni aks ettirish
Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni
Debet
Kredit
Qimmatli qog‘ozlarni haq evaziga sotish
chog‘ida ularning qiymati hisobdan chiqarildi
9220
0610
Xaridorlarga qimmatli qog‘ozlar
sotilganda
ularning qarzi aks ettirildi
4010
9220
Qimmatli
qog‘ozlar
sotilganda
xarajatlar
hisobdan chiqarildi
9220
Xarajatlarni hisobga
oluvchi schyotlar
Qimmatli
qog‘ozlarni
sotishdan
olingan
daromad aks ettirildi
9220
9590
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan ko‘rilgan zarar
9690
9220
0620 – “Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 — “Qaram
birlashmalarga investitsiyalar”, 0640 – “Qo‘shma korxonalarga investitsiyalar”
schyotlarida mos ravishda sho‘’ba, qaram va qo‘shma korxonalarga
investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.
Xo‘jalik jamiyati shuba xo‘jalik jamiyati deb tan olinadi,
agar boshqa bir
xo‘jalik jamiyati yoki shirkati quyidagilar tufayli xo‘jalik jamiyati tomonidan
qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa:
- ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok etish;
- ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga (masalan, boshqa jamiyat yoki shirkat
kompaniyaning boshqaruvchisi sifatida chiqqanda
ushbu jamiyatning ishlarini
boshqarish to‘g‘risida) muvofiq;
- boshqa imkoniyatlar (masalan, ushbu jamiyatni boshqarish organlariga
bunday ta’sir ko‘rsatishning haqiqiy imkoni tufayli) (O‘zR FKning 67-moddasi).
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga
qarashli ovoz beradigan aktsiyalar (ustav kapitali)ning 20 foizidan ko‘prog‘iga ega
bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi (O‘zR FKning 68-
353
moddasi).
Ustunlikka ega jamiyat asosiy jamiyat sho‘’ba
jamiyatiga nisbatan ega
bo‘lgan huquqlarga ega emas. Uning imkoniyatlari shu bilan belgilanadiki, u
aktsiyalar paketining sezilarli qismining egasi hamda tegishli ovozlar soniga ega,
qaram jamiyatning qaror qabul qilishiga ta’sir etishi mumkin, lekin unga majburiy
ko‘rsatmalar berish huquqiga ega emas. Shuning uchun O‘zR Fuqarolik kodeksida
belgilinishicha, bunday munosabatlar sho‘’ba va asosiy jamiyatlar (shirkatlar)
bilan bo‘lganidek, o‘zaro yoki qo‘shimcha javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Biroq aktsiyadorlik jamiyatining ovoz beradigan aktsiyalarining 20
foizidan
ortig‘ini yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan
ortig‘ini qo‘lga kiritgan xo‘jalik jamiyati (aktsiyadorlik jamiyati, mas’uliyati
cheklangan jamiyat) bu haqdagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda darhol e’lon
qilishi shart.
0690 – “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”
schyotida kelajakda
moliyaviy daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki
ekologiya tashkilotlariga investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib boriladi.
Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetidagi qoldiqlar har oyning boshiga korxona
tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini ifodalaydm. Debet
tomonmdagi oboroti oy davomida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini,
investitsiya uchun sarflangan mablag‘lar
miqdorini, kredit tomonidagi oborotlar
hisobdan chiqarilgan sotib yuborilgan, qaytarib berilgan qimmatli qog‘ozlar
qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi.
Misol. Korxona tomonidan 540000 so‘mga aktsiyalar sotildi.
Sotilgan
qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati 500000 so‘mni tashkil qiladi.
48-jadval
Dostları ilə paylaş: