14.5. Dividendlar hisobi
Bizga ma’lumki, Aktsiyadorlik jamiyatlari sof foydasidan aktsiyadorlarga
dividend to‘laydi. Dividend
– aktsiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan
daromad, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan uning muassislari o‘rtasida
taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi.
Dividend - bu kompaniya aktsiyadorlari sinfiga to'langan, boshqaruv
kengashi tomonidan belgilanadigan kompaniya daromadlarining bir qismini
taqsimlash. Dividendlar naqd to'lov sifatida, aksiya yoki boshqa mol-mulk sifatida
berilishi mumkin.
59
Dividend aktsiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aktsiyalarning soni va turiga
mutanosib ravishda taqsimlanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha
dividendlar jamiyatning maxsus mo‘ljallangan zaxiralari hisobidan to‘lanishi
mumkin.
Dividendlar
to‘lash
muddati
va
tartibi
jamiyat
ustavida
yoki
aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to‘lash
muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech
bo‘lmasligi lozim.
Dividendlar to‘lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha,
so‘ngra oddiy aktsiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aktsiyalar
bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun etarli miqdorda foyda
mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aktsiyalarni saqlovchilarga dividendlar
to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aktsiyadorlar
59
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 753-page, 2014
358
dividendlar to‘lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat etarli miqdorda
foydaga ega bo‘lmasa yoki zarar ko‘rib ishlagan bo‘lsa, imtiyozli aktsiyalar
bo‘yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira kapitali
hisobidan va ana shu zaxira doirasidagina to‘lanishi mumkin.
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi
subyekt ixtierida qoladigan sof foydadir. Hisobot davridagi sof foyda
taqsimlanmagan
foydani
oshiradi
va
u
quyidagicha
provodka
bilan
rasmiylashtiriladi:
Debet 9900 – “Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 8710 – “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar)”
Korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar bo‘yicha va chiqib ketayotgan
ta’sischilar oldida ularning ulushlari bo‘yicha joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6610 “To‘lanadigan dividendlar”;
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar”.
Korxona rahbariyati tomonidan aktsiyalarga dividendlar to‘lash to‘g‘risida
qaror e’lon qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks
ettiriladi. Dividendlar aktsiyalar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
6610 “To‘lanadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend summasiga
8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti
bilan bog‘langan holda kreditlanadi.
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar”
schyotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi ulushlari
bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va ulushlar”, 8610 “Sotib
olingan xususiy aktsiyalar - oddiy”, 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar -
imtiyozli” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
6610 “To‘lanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga
ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotlari bo‘yicha analitik hisob (ko‘rsatuvchiga
359
aktsiyalardan tashqari) har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi.
Qimmatli qog‘ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy hisobotlar
standartlarga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo‘llanganda. Investor o‘z mablag‘ini boshqa
korxonaga dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘yadi. Uning asosiy tamoyilari shundan
iboratki, investitsiyalar qiymati sho‘’ba tizilmalarining moliyaviy ahvolidan qat’iy
nazar o‘zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida
hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo‘llash tavsiya etiladi:
- sho‘ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uni
nazorat qilish ham vaqtinchalik bo‘lganda;
- sho‘’ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag‘ o‘tkazish qobilyatini jiddiy
darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida
faoliyat yuritganda. Masalan, sho‘’ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan
quyiladigan dividendlarni to‘lashda cheklashlar mavjud bo‘lishi mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho‘’ba
jamiyatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash
tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho‘’ba jamiyatining xo‘jalik faoliyati
natijalariga bog‘liqlikda o‘zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi,
zarar esa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib ravishda
aks ettiriladi: uning sho‘’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, bosh jamiyat
balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko‘p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar
qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan dividend pul
mablaglari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to‘lanishi mumkin.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
360
Debet 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)”
Kredit 6610 – “To‘lanadigan dividendlar”
Hisobot
yilidagi
taqsimlanmagan
foyda
summasi
dividendlar
hisoblanganidan so‘ng 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
Debet 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)”
Kredit 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Zarar ko‘rilganda:
Debet 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Kredit 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)”.
To‘lov manbaida soliq solinmagan dividendlar tarzidagi daromadlar oluvchi
yuridik shaxslar bankda ochilgan maxsus hisobvaraqda ushbu mablag‘larni
jamlaydilar. Dividendlar tarzidagi daromadlar tushumi yuridik shaxsning
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
– hisoblangan dividendlar:
Debet 4840 – “Olinadigan dividendlar”
Kredit 9520 – “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
– dividendlarni maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi:
Debet 5530–“Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
Kredit 4840 – “Olinadigan dividendlar”.
Dividendlar
tarzida
daromadlar
olgan
yuridik
shaxslar
maxsus
hisobvaraqdagi mablag‘larni o‘z ustav kapitalini kapitallashtirishga yo‘naltirganda,
jamlangan summa maxsus hisobvaraqdan hisob-kitob varag‘iga kapitallashuv
summasi miqdorida o‘tkaziladi.
361
50-jadval
Dostları ilə paylaş: |