aнaлитического учетa; analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi schyotlari.
Ular ma’lum sintetik schyotning ko‘rsatkichlarini detallashtirish uchun ochiladi.
Analitik schyotlar faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi. Analitik hisob
schyotlari sintetik hisob schyotlariga o‘xshab debet va kreditga ega. Ular bo‘yicha
aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda bir sintetik schyot bo‘yicha ochilgan
barcha analitik schyotlarning debet va kredit aylanmalarining jami hamda
saldolarining jami so‘m hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit
aylanmalari hamda saldosiga teng bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hisobini
takomillashtirish jarayonida analitik hisobni yuritishning samaraliroq prinsiplari
ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob yordamchi
(jamg‘aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda esa sintetik schyotlar bilan
birga bir jurnal-orderda olib boriladi.
Asosiy vositalar; the main means; основным средством; korxona
tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab
chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy
va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun
tutib turiladigan moddiy aktivlar.
Avans; prepaid expense; aвaнс; korxonaning bajariladigan ish, yetkazib
beriladigan mol-mulk, ko‘rsatiladigan xizmatlar va boshqalar uchun to‘lanadigan
to‘lovlar hisobiga beradigan dastlabki pul summasi.
Aylanma vedomostlar; negotiable statement; оборотнaя ведомость; buxgalteriya hisobi schyotlarining hisob registrlari ma’lumotlarini umumlashtirish
usuli. Aylanma vedomostlar schyotlarning oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig‘i
hamda oy bo‘yicha aylanma ma’lumotlarga asosan oy oxirida tuziladi, aylanma
vedomostlar sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Aylanma
vedomostda uch juftxonalar mavjud bo‘lib, ularda har bir schyot bo‘yicha oy
boshiga qoldiq, oy aylanmalari va oy oxiriga qolgan qoldiq ko‘rsatiladi. Aylanma
374
vedomostdagi o‘zaro tenglik debet va kredit aylanmalari registratsiya jurnalining
jamiga ham teng bo‘lishi kerak. Aylanma vedomostning schyotlar bo‘yicha
qoldiqlariga asosan buxgalteriya balansi tuziladi.