Baho; price; ценa; tovar qiymatining pul ko‘rinishida ifodalanishi
Baholash; valuation; оценкa; xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va
xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir.
Balans; balance; бaлaнс; doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan
holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi. Balans ikki qismdan iborat
bo‘lgan jadval shaklida ma’lum bir sanaga tuziladi. Balans qandaydir voqeani
ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko‘rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab
chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar
balansi) yoki xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi,
savdo balansi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi.
Balans qiymati; the book value; бaлaнсовой стоимост; aktivning
buxgalteriya balansida aks ettirilgan summasi.
Balansdan tashqari schyotlar; off-balance account; внебaлaнсовых счетaх; qoldig‘i buxgalteriya balansiga kirmaydigan buxgalteriya hisobi
schyotlari. Bu schyotlar korxonada vaqtincha turgan va boshqa korxonalarga
(ijaraga olingan asosiy vositalar, masul saqlashga qabul qilingan moddiy
qiymatliklar va h.k.) tegishli bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish
uchun tayinlangan. Balansdan tashqari schyotlarda shuningdek qat’iy hisobot
blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari ham hisobga olinadi.
Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda, ya’ni ikki yoqlama yozuv
qo‘llanmasdan yuritiladi. Bu schyotlar o‘zaro yoki balansli schyotlar bilan
korrespondentlanmaydi.
Birlamchi hujjatlar; primary documents; первичные документы; buxgalteriya hujjatlari bo‘lib, xo‘jalik jarayoni sodir bo‘lgan vaqtda tuziladi va
ularning sodir etilganligi haqida birlamchi guvohnoma hisoblanadi.