Ko‘chmas mulkka investitsiya; real estate investment; инвестиции в недвижимость; investitsiya qiluvchi subyektning yoki investitsiya qiluvchi
subyekt guruhiga kiruvchi boshqa subyektning ishlab chiqarish faoliyati davomida
foydalanilmaydigan yer uchastkalariga yoki imoratlarga investitsiyalar.
Konsalting; consolting; консaлтинг; ishlab chiqarishga ish yuzasidan
xizmat ko‘ratish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslaxat
xizmati ko‘rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy
faoliyatdir
Kontr-aktiv schyotlar; account counter-asset; счетa контр-aктив; aktiv schyotlarning ko‘rsatkichlarini tartibga solish uchun tayinlangan kontrar
schyotlar. Kontraktiv schyotlarga 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga
oluvchi schyotlar”, 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi
schyotlar”, 2980 “Savdo ustamasi”, 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv”
schyotlari kiradi
Kontr-passiv schyotlar; сounter-passive accounts; счетa контр-пaссив; passiv schyotlar ko‘rsatkichlarini tartibga keltirish uchun tayinlangan kontrar
schyotlar. 8600 “Sotib olingan xususiy aktsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar”,
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”, 9050 “Haridor va buyurtmachilarga berilgan
chegirmalar” schyotlari kontrpassiv schyotlarga misol bo‘ladi.
Korxona aktivlari; assets of a company; aктивы компaнии; mazkur
korxona yoki muassasaga tegishli bo‘lgan barcha moddiy boyliklarning, tarkibi va
joylashuvi nuqtai nazaridan olganda, pul tarzida aks etuvchi buxgalteriya
balansining bir qismi.
382
Kredit; credit; кредит; pul mablag‘lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan
ustama to‘lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum muddatga qarzga berish.