384
Natural o‘lchovlar;
natural measurement; нaтурaльный измерение;
buxgalteriya hisobidagi o‘lchovlarning biri bo‘lib, uning yordamida buxgalteriya
hisobi ob’yektlari to‘g‘risida natural (massa, uzunlik, metr va h.k.) ko‘rinishidagi
ko‘rsatkichlar olinadi. Natural o‘lchovlar asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va
boshqa moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Natural
ko‘rsatkichlar katta nazorat ahamiyatiga ega. Bu ko‘rsatkichlar xo‘jalik
mablag‘larini baholash yo‘li bilan pul o‘lchoviga aylantiriladi.
Netto-balans;
netto-balance; нетто-бaлaнс;
qiymatidan tartibga soluvchi
moddalar summasi chegirilgan balans bo‘lib, bunga tozalash deyiladi.
O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993 yildan boshlab),
ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchi
buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo‘yicha
kiritiladi.
Nomoddiy aktivlar;
intangible assets; немaтериaльные aктивы;
korxona maxsulot ishlab chikarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki
maxsulotni realizatsiya qilish maqsadida yoki uzoq vaqt mobaynida ma’muriy yoki
boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan, moddiy-ashyoviy
mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlari.
Passiv;
passive; пaссив;
buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, unda
korxona mablag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va tayinlanishi ko‘rsatiladi.
Balansning passivi aktiviga o‘xshab ikkita bo‘lim va bir qancha moddalardan
iborat.
Dostları ilə paylaş: