386
saldosi faqat debetda bo‘lib, ma’lum schyotdagi xo‘jalik mablag‘larining
qoldig‘ida ko‘rsatiladi. Passiv schyotlarning saldosi faqat kreditida bo‘lib, ma’lum
schyotdagi mablag‘lar manbaini ko‘rsatadi. Debet saldolar buxgalteriya
balansining aktivida, kredit saldolar esa passivida aks ettiriladi.
Schyotlarning aylanmalari;
turnover of accounts; обороты счётов;
buxgalteriya hisobi schyotlarning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar jami. Ular
tegishli ravishda debet va kredit aylanmalari deyiladi. Aylanmalar har oyning
oxirida jamlab chiqiladi. Aktiv schyotlar bo‘yicha debet aylanma oy davomida
hisob ob’yekti ko‘payishini, passiv schyotlar bo‘yicha - kamayishini anglatadi.
Kredit aylanma aktiv schyotlar bo‘yicha oy davomida hisob ob’yekti kamayishini,
passiv schyotlar bo‘yicha – ko‘payishini ko‘rsatadi. Schyotning qoldig‘ini
chiqarish uchun oldin uning aylanmalarini aniqlash kerak.
Dostları ilə paylaş: