Tartibga soluvchi schyotlar; regulating accounts; регулирующие счетa; xo‘jalik mablag‘lari baholarini tuzatish (tartibga solish), bu mablag‘lar holati
to‘g‘risida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni olish, shuningdek, ularning manbalarini
aniqlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Har bir schyot ma’lum
asosiy schyotni tartibga solish uchun tayinlangan. Bunda tartibga soluvchi
schyotlarda hisobga olingan summa asosiy schyot summasiga qo‘shiladi, yoki
undan olib tashlanadi. Tartibga soluvchi schyotlarni qo‘llash zaruriyati xo‘jalik
mablag‘larini baholash bo‘yicha belgilangan qoidalar bilan bog‘liq.
Tayyor mahsulot; the finished product; готовый продукт; korxonaning
texnik sharoit va belgilariga javob beruvchi to‘liq ishlab chiqarish natijasidagi
mahsulot.
Tezkor hisob; operational account; оперaционный учет; tezkor yoki
operativ hisob xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida reja bajarilishi
to‘g‘risidagi axborotlarni sistematik ravishda olib turish maqsadida ma’lum
xo‘jalik muomalalarini bevosita joyida va ular amalga oshishi paytida ro‘yxatga
olish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Tezkor hisob ma’lumotlaridan xo‘jalik jarayonlari
bevosita amalga oshgan paytda kundalik nazorat qilish va boshqarish uchun
foydalaniladi. Tezkor hisobning ko‘p ma’lumotlari umumlashtirilib, tarmoqlarni
boshqarish uchun foydalaniladi
Tizimli yozuv; systematic records; системaтические зaписи; buxgalteriya hisobi schyotlarida xo‘jalik muomalalarini ma’lum tizimda
registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo‘jalik muomalalarini bir xil iqtisodiy
belgilariga qarab guruhlash amalga oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi
ob’yektlari bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob
registrlari (bosh daftar)da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr (jurnal-
389
order)da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik yozuv
ma’lumotlari bilan bog‘langan.