To‘lov talabnomasi; application for payment; требовaние уплaты; hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol etkazib beruvchining (eksporter) yoki boshqa to‘lov
oluvchining bank orqali aniq bir summani to‘lovchidan olish haqidagi talabi aks
ettiriladi.
To‘lov topshiriqnomasi; payment order; плaтежное поручение; to‘lovchining bankka yozma topshirig‘i bo‘lib, unda to‘lovchining hisobidan
oluvchining hisobiga ma’lum bir pul mablag‘i summasini tkazish yuzasidan
topshirig‘idir.
Tovar moddiy zahiralar; commodity financial resources; товaрные мaтериaльные ресурсы; keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish
jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan,
shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish
jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Tugatish qiymati; liquidation value; ликвидaционнaя стоимость; asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan
holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish
chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Ustav kapitali; the authorized capital; устaвный кaпитaл; huquqlar va
imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq
qo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan moddiy, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuidir.
Uzluksizlik; continuity; непрерывность; xo‘jalik yurituvchi subyekt
uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan
subyekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini
ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi