Likvidatsiya qiymati; liquidation value; ликвидaционнaя стоимость; bu asosiy vositalarning taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish muddati oxirida
ularni likvidatsiya qilish bo‘yicha, kutilayotgan xarajatlarni ayirgan holda
aniqlanadigan qiymatidir
Lizing; leasing; лизинг; lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o‘rtasida lizing
oluvchiga xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni mustaqil ravishda amalga
oshirish maqsadida ko‘char va ko‘chmas mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun
berish to‘g‘risida lizing bitimi (shartnomasi, kontrakt)ni tuzish natijasida vujudga
kelgan xo‘jalik qarz munosabatlari.
Majburiyat; commitment; обязaтельство; bu fuqarolik huquqiy
munosabatlari bo‘lib, uning vositasida bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs foydasiga
(kreditor) muayyan xatti xarakatlar qilishi, aytaylik: mulkni o‘tkazish, ishni
bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to‘lashi va xonoz yoki muayyan xatti-xarakatdan
o‘zini tiyishi kerak, kreditor esa qarzdordan o‘z vazifasini bajarishni talab qilish
huquqiga ega.
Mehnat buyumi; subject of labour; предмет трудa; moddiy boyliklar
ishlab chiqarish maqsadida kishining mehnati yo‘naltirilgan buyumlar. Mehnat
buyumlariga xom ashyo, asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ta’mirlash
uchun ehtiyot qismlar kiradi. Mehnat buyumlari aylanma mablag‘larga kirib,
mehnat qurollari bilan birga ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Mehnat o‘lchov birligi; labor a unit of measure; трудовaя единицa измерения; mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash
uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar
hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat
unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov
birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi
bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p
383
hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi