377
Ayrim usullar uning elementlari deb atalib, qo‘yidagilardan iborat bo‘ladi:
hujjatlashtirish va invertarizasiya qilish, baholash va kalkulyasiya qilish, schyotlar
tizimi va ikki yoqlama yozish usuli, buxgalteriya balansi va hisobot.
Dastlabki hujjatlar;
primary documents; первичные документы;
xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan paytda
tuziladigan va ular amalga
oshganligining birinchi guvohi bo‘lgan buxgalteriya hujjatlari. Dastlabki hujjatlar
tuzilishi xo‘jalik muomalalari hisob registratsiyasining boshlanishi bo‘lib
hisoblanadi. Dastlabki hujjatlarga g‘azna kirim va chiqim orderlari, yukxatlar,
kvitantsiyalar va h.k. kiradi. Hisobni soddalashtirish
va hisob registratsiyasini
tezlashtirish uchun ko‘pincha dastlabki hujjatlarga asosan yig‘ma hujjatlar tuziladi.
Buxgalteriya hujjatlari tuzish tartibi bo‘yicha tasniflanganda hujjatlar dastlabki va
yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi.
Debet;
debit; дебет;
buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv
schyotlarning debeti bo‘yicha hisob ob’yektining ko‘payishi aks ettiriladi,
passiv
schyotlarning debeti bo‘yicha esa kamayishi yoziladi.
Depozit sertifikati;
certificate of deposit; депозитный сертификaт;
ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini bankka qo‘ygan
shaxslarga bu haqda
tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi daromad manbai hisoblanadi.
Dividend;
the dividend; дивиденд;
aktsiyadorlik
jamiyati foydasining bir
qismi bo‘lib, aktsiyadorlar o‘rtasida soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga
ajratmalarni,
zaxiralarni tashkil etish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni va boshqa
to‘lovlarni amalga oshirilganidan so‘nggina taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: