Buxgalteriya hisobi;
accounting; бухгaлтерский учет;
xo‘jalik hisobi
turlaridan biri; xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablaglarining aylanishi va
mulk harakatini ifodalovchi ma’lumotlar majmuasi. Buxgalteriya hisobi joriy
hujjatlarga asoslanadi, uzluksiz, o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mablag‘lar va
xo‘jalik operatsiyalarini va boshqalarning xo‘jalik faoliyatini uzlukiz ravishda
kuzatish va nazorat qilish tizimi
Buxgalteriya hisobi metodining elementlari;
elements of accounting
methods; элементы методы бухгaлтерского учетa;
bu buxgalteriya
hisobining ayrim usullariga aytiladi. Ular quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va
inventirizatsiya qilish, baholash va kalkulyatsiya qilish, schyotlar tizimi va ikki
yoqlamali yozuv usuli, buxgalteriya balansi va hisobot.
Buxgalteriya hisobi schyotlari;
accounting accounts; бухгaлтерские
счетa;
mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari
hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash hamda nazorat qilish
usulidir.
Buxgalteriya hisobining obyetlari;
objects of accounting; объекты
бухгaлтерского учетa;
asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, o‘z kapitali,
rezerv, daromad, harajatlar va h.k.
Buxgalteriya hisobining predmeti;
the subject of accounting; предмет
бухгaлтерского учетa;
korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish
manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga,
uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks ettirib
borishdir
Buxgalteriya hisobining subyektlari;
subjects of accounting; субъекты
бухгaлтерского учетa;
davlat boshqaruv organlari, boshqarmalar, O‘z.R.da
ro‘yhatdan o‘tgan yuridik shaxslar.
Dostları ilə paylaş: |