Bosh daftar;
main book; глaвнaя книгa;
sintetik hisob yuritish uchun
375
tayinlangan hisob registri
Bosh jurnal;
main magazine; глaвнaя журнaл;
– buxgalteriya hisobining
eskirgan shakli. U hisobning memorial-order shaklidagi varianti bo‘lib hisoblanadi.
“Bosh daftar” deb nomlangan yagona hisob registrida bosh daftar va registratsiya
jurnali birlashtirilgan.
Boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat;
initial cost (real); нaчaльнaя
стоимость (реaльное);
asosiy vositani sotib olish yoki uni qurish (bino qurish
va qurilishni tugallash) bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shu jumladan, to‘langan
soliqlar, bojxona bojlari va yig‘inlari, hamda etkazib berish, montaj, o‘rnatish va
ishga tushirish bilan bog‘liq bevosita aktivdan belgilangan maqsadda foydalana
olish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa barcha
xarajatlarning summasidir.
Brutto;
brutto; брутто;
tovarlarning idishi yoki o‘rovi bilan birgalikdagi
og‘irligi.
Brutto-balans;
brutto-balance; брутто-бaлaнс;
tartibga soluvchi
moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. “Asosiy vositalarning eskirishi”,
“Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib olingan xususiy aksiyalar”
singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi
Buxgalter;
accountant; бухгaлтер;
ichki boshqarish va tashqi
iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan
korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz
va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat
Buxgalteriya;
counting-house; бухгaлтерия;
1) buxgalteriya hisobini
tashkil etadigan va yuritadigan hisob apparati. 2) korxona, muassasalarning
moliyaviy ishlarini qayd etib borish, nazorat qilish, jumladan xodimlarga ish haqi
yozish, buxgalteriya hisoboti va boshqa hisobotlar tuzish bilan shug‘ullanuvchi
maxsus bo‘limi. Odatda Buxgalteriyani bosh hisobchi (buxgalter) boshqaradi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va buxgalterning huquq, burchlari 2016
yil 13 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
376
Qonun bilan belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |