O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Baho; 
price; ценa; 
tovar qiymatining pul ko‘rinishida ifodalanishi 
Baholash; 
valuation; оценкa; 
xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va 
xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir. 
Balans; 
balance; бaлaнс; 
doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan 
holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi. Balans ikki qismdan iborat 
bo‘lgan jadval shaklida ma’lum bir sanaga tuziladi. Balans qandaydir voqeani 
ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko‘rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab 
chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar 
balansi) yoki xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi, 
savdo balansi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi. 
Balans qiymati; 
the book value; бaлaнсовой стоимост; 
aktivning 
buxgalteriya balansida aks ettirilgan summasi.
Balansdan tashqari schyotlar
off-balance account; внебaлaнсовых 
счетaх; 
qoldig‘i buxgalteriya balansiga kirmaydigan buxgalteriya hisobi 
schyotlari. Bu schyotlar korxonada vaqtincha turgan va boshqa korxonalarga 
(ijaraga olingan asosiy vositalar, masul saqlashga qabul qilingan moddiy 
qiymatliklar va h.k.) tegishli bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish 
uchun tayinlangan. Balansdan tashqari schyotlarda shuningdek qat’iy hisobot 
blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari ham hisobga olinadi. 
Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda, ya’ni ikki yoqlama yozuv 
qo‘llanmasdan yuritiladi. Bu schyotlar o‘zaro yoki balansli schyotlar bilan 
korrespondentlanmaydi. 
Birlamchi hujjatlar; 
primary documents; первичные документы; 
buxgalteriya hujjatlari bo‘lib, xo‘jalik jarayoni sodir bo‘lgan vaqtda tuziladi va 
ularning sodir etilganligi haqida birlamchi guvohnoma hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin