369
5. Asosiy podani shakllantirish uchun boqilayotgan yosh
mollarni parvarishlashda band bo‘lgan xodimlarga mehnat
haqi va yagona ijtimoiy to‘lov hisoblandi
0840
6710,
6520
6. Yosh mollar asosiy poda tarkibiga qabul qilindi
0170
0840
0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar” schyotida korxonaning
yer maydonini obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlari shuningdek, kirish yullari,
avtomobil va boshqa transport vositalarining to‘xtash maydonlari, devoplar va
ko‘kalamzoplashtirishning boshqa turlari qiymati hisobga olinadi.
Yer maydonlari, o‘rmon va suv havzalari hamda ko‘p yillik o‘simliklarga
qilingan inventar xususiyatiga ega bo‘lgan kapital qo‘yilmalar, asosiy vositalar
tarkibiga, kompleks ishlar tugashidan qat’iy nazar, foydalanishga qabul qilingan
maydonlarga tegishli xarajatlar summasi bo‘yicha kiritiladi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida ko‘p yillik daraxt ko‘chatlari ularni ekish va
o‘stirishga sarflangan kapital xarajatlar hisobini yuritishda ham ayrim muammolar
mavjud. 21-son BHMSga asosan asosiy vositalar tarkibida ko‘p yillik o‘simliklar
uchun alohida schyot ochilgan, lekin kapital qo‘yilmalar tarkibida ularga
qilinadigan xarajatlar 0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar”
schyotida olib borilishi belgilangan. Yosh ko‘chatlarni parvarishlash xarajatlari
ularning bahosiga qo‘shilib boradi. Yosh daraxtlar o‘stirib bo‘lingach, ularga
sarflangan jami xarajatlar ekilgan maydonga bo‘linib, bir gektar yepga sarflangan
xarajatlar topiladi. Ammo, har bir gektar epga ekilgan ko‘chatlar soni har xil
bo‘lishi mumkin. Bu holatda ma’lum bir gektarga sarflangan xarajatlar shu
gektarga ekilgan daraxtlar soniga bo‘linib bir daraxtning haqiqiy tannarxi topiladi.
54-jadval
Dostları ilə paylaş: