349
qaram xo‘jalik jamiyatlarning hamda chet el sarmoyali
korxonalarning nizom
kapitali (jamg‘armasi)ga uzoq muddatli qo‘yilmalar (investitsiyalar) mavjudligi va
harakati to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagi hisob-varaqalaridan kelib chiqib
umumlashtiriladi:
0610 “Qimmatli qog‘ozlar”;
0620 “Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0630 “Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0640 “Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar”;
0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”.
0610-“Qimmatli
qog‘ozlar" schyotida aksiyadorlik
jamiyatlarining
aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari (ortsion, fyuchers va
boshqalar) ga uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning
mavjudligi va harakati
aks ettiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks
ettirish uchun asos bo‘lib ularga egalik qilish huquqi o‘tganligini
tasdiqlovchi
quyidagi hujjatlar xizmat qiladi:
- oldi-sotdi shartnomasi (barcha qimmatli qog‘ozlar uchun);
- sertifikatni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (faqat hujjatli qimmatli
qog‘ozlar uchun);
- shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma (egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlar
reestrni yuritish tizimida hisobga olinganda);
- depo hisobvaraqdan ko‘chirma (qimmatli qog‘ozlar depozitariyga
hisobga
olinganda).
Qimmatli qog‘ozlarning turiga bog‘liq holda egalik qilish huquqining o‘tish
sanasi, tegishincha ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi bo‘lib
quyidagilar hisoblanishi mumkin:
- qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan sana;
- xarid qiluvchining unga reestrni yuritish tizimida ochilgan shaxsiy
hisobvarag‘idan ko‘chirmada ko‘rsatilgan sana;
350
- xarid qiluvchiga qimmatli qog‘ozlar sotuvchi
tomonidan saqlashga
berilgan depozitariyga ochilgan depo hisobvaraqdan ko‘chirmada ko‘rsatilgan
sana.
Qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha barcha xarajatlar ularning xarid
qiymatiga kiritiladi.
44-jadval
Dostları ilə paylaş: