O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

investitsiyalar
- qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat 
obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan 
huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek 
reinvestitsiyalar.
Investor
— investitsiya faoliyati obyektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya 
qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi 
investitsiya faoliyati subyekti. 
Investitsiya 
faoliyati
— 
investitsiya 
faoliyati 
subyektlarining 
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui. 
Investitsiya 
faoliyati 
ishtirokchisi
— investorning buyurtmalari 
bajarilishini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti. 
Reinvestitsiyalar
— investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga 
kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, 
litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun 
to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar. 
Investitsiyalardan 
foydalanish 
samaradorligini 
oshirishda 
moliyaviy 
investitsiyalar va ular bo‘yicha olingan daromadlarni to‘g‘ri hisobga olish, ularni 
maqsadli ishlatilishini nazorat qilish, investitsiyalar samaradorligini tahlil etish 
muhim o‘rin tutadi. 
Investitsiyalar hisobini vazifalari quyidagilardir: 
52
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati tо‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2014 yil 9 dekabr 
O‘RQ-380-son


343 
-uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni hamda ular bo‘yicha olingan 
daromadlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri aniqlash; 
-uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z 
vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; 
- investitsiyalarni hisobga olishda BHMS va BHXSlarni keng qo‘llash; 
-uzoq muddatli investitsiyalardan olingan daromadlarning korxona 
moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash; 
-moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli 
qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq, to‘g‘ri 
hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qmsmini o‘z vaqtida o‘tkazishni 
ta’minlash; 
-uzoq va qisqa muddatli molmyaviy investmtsiyalar hmsooiga kelib tushgan 
mablag‘lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi ehtiyoji 
uchun ishlatishni ta’minlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin