348
negaki ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari boshqa shart-sharoitlar
o‘zgarmagan holda, masalan, emitentning barqarorligi va hokazo) uning bozor
qiymati nominalga yaqinlashib boradi. Aktsiya va obligatsiyalar uchun ikki baho
bo‘lishining muhimligini tahlil qilish va boshqarish masalalari bilan bog‘liqlik
orasidagi farq ma’lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad miqdorining
mohiyatidan iborat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida qimmatli qog‘ozlar
qiymatini uch xil bahoda ifodalash asoslangan; haqiqiy, nominal va bozor
qiymatlarida.
Korxonaning moliyaviy investitdiyalari vaqti-vaqti bilan qayta baholanishi
mumkin. Qayta baholashni o‘tkazish davri korxonaning hisob siyosati bilan
belgilanadi.
Qayta baholash natijalari, xususan, qayta baholash natijasida uzoq muddatli
moliyaviy investitsiyalarning qo‘shimcha baholanish summasi qayta baholashdan
daromad sifatida xususiy kapitalga (8510-“Mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar” schyotiga) o‘tkaziladi.
Xalqaro amaliyot qimmatli qog‘ozlar hisobi uchun ikki xil bahoni qo‘llashni
belgilab beradi: eng pastki xaqiqiy tannarx yoki bozor qiymati bo‘yicha.
Eng past qiymat bo‘yicha baholash usuli hisobida xarid qilishning xaqiqiy
qiymati yoki joriy bozor narxlarini qay biri kichik bo‘lsa, ana shunisi orqali aks
ettirishni ko‘zda tutadi. Mazkur baholash usuli ham xarid qilingan qimmatli
qog‘ozlarni nominal qiymatini aniqlash imkon bermaydi va aktsiyalarning
investorga tegishli bo‘lgan qismida emitent-kompaniyani xususiy kapital miqdorini
aniqlab bera olmaydi.
Dostları ilə paylaş: