O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti



Yüklə 455,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix24.10.2023
ölçüsü455,92 Kb.
#160430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

1-chizma. Investitsiyalar tasnifi
1
 
Moliyaviy investitsiyalar-daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va 
ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida uning 
tasarrufida bo’lgan korxona aktivlaridir. 
1
G’ozibekov A. “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” Toshkent-2007, 19b 
I N V E S T I TS I YA L A R 
Investitsiyalash maqsadlari va ular 
bilan bog’liq risklar bo’yicha 
-venchur; - portfel; -bevosita; -annuitet. 
Takror ishlab chiqarish bo’yicha 
-sof (asosiy kapitalni ko’paytiradigan) 
-eskirishni qoplaydigan 
-yalpi 
Kiritish ob’ektlari bo’yicha 
-mol-mulkka investitsiya 
-moliyaviy 
Yo’naltirish soha va ob’ektlari bo’yicha 
-kapital 
-innovatsion 
Investitsiyalash sub’ektlari bo’yicha 
-davlat investitsiyalari 
-korporativ investitsiyalar 
Amaliy yo’nalishlari bo’yicha 
-yangi loyihalarga 
-kengaytirishga, yangilashga 


10 
Intellektual investitsiyalar - bu korxonaning intellektual boyliklarini xarid 
qilishga sarflangan mablag’laridir. 
Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko’ra qisqa muddatli va uzoq 
muddatli bo’ladi. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga 
ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir. 
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12 
oydan oshmaydigan, yengil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga 
oid investitsiyalardir. 
Moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga olishni 
yengillashtirish uchun quyidagi guruhlarga ajratiladi:

Qimmatli qog’ozlar; 

Sho’ba korxonalariga investitsiyalar; 

Qaram birlashmalarga investitsiyalar; 

Qo’shma korxonalarga investitsiyalar

Boshqa moliyaviy investitsiyalar. 
Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalarning asosiy qismini 
tashkil etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog’ozlar 
investitsiyalar yo’naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan 
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida»gi qonuniga muvofiq qimmatli 
qog’ozlar - bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy 
huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foiz 
ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan 
huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul 
hujjatlaridir». Yuqorida qayd etilgan qonunga ko’ra, qimmatli qog’ozlarga:

aksiyalar; 

obligatsiyalar; 

xazina majburiyatlari

depozit va xazina sertifikatlari; 


11 

veksellar; 

hosilaviy qimmatli qog’ozlar kiradi. 

Yüklə 455,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin