Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy tarixiy tajribalari yosh avlodga taʼlim orqali oʻtadi
|
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy hayotni ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
|
Ma’naviy va axloqiy talablarga ko‘ra tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini
aniqlash. Ta’lim muassasalari pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash Ta’lim muassasalari pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish. Ta`lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shartsharoitlarini o'rganish.
O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
|