1-chizma. Investitsiyalar tasnifi 1 Moliyaviy investitsiyalar-daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va
ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida uning
tasarrufida bo’lgan korxona aktivlaridir.
1
G’ozibekov A. “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” Toshkent-2007, 19b
I N V E S T I TS I YA L A R Investitsiyalash maqsadlari va ular
bilan bog’liq risklar bo’yicha
-venchur; - portfel; -bevosita; -annuitet.
Takror ishlab chiqarish bo’yicha
-sof (asosiy kapitalni ko’paytiradigan)
-eskirishni qoplaydigan
-yalpi
Kiritish ob’ektlari bo’yicha
-mol-mulkka investitsiya
-moliyaviy
Yo’naltirish soha va ob’ektlari bo’yicha
-kapital
-innovatsion
Investitsiyalash sub’ektlari bo’yicha
-davlat investitsiyalari
-korporativ investitsiyalar
Amaliy yo’nalishlari bo’yicha
-yangi loyihalarga
-kengaytirishga, yangilashga
10
Intellektual investitsiyalar - bu korxonaning intellektual boyliklarini xarid
qilishga sarflangan mablag’laridir.
Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko’ra qisqa muddatli va uzoq
muddatli bo’ladi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga
ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir.
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12
oydan oshmaydigan, yengil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga
oid investitsiyalardir.
Moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga olishni
yengillashtirish uchun quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Qimmatli qog’ozlar;
Sho’ba korxonalariga investitsiyalar;
Qaram birlashmalarga investitsiyalar;
Qo’shma korxonalarga investitsiyalar;
Boshqa moliyaviy investitsiyalar.
Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalarning asosiy qismini
tashkil etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog’ozlar
investitsiyalar yo’naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida»gi qonuniga muvofiq qimmatli
qog’ozlar - bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy
huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foiz
ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan
huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul
hujjatlaridir». Yuqorida qayd etilgan qonunga ko’ra, qimmatli qog’ozlarga:
aksiyalar;
obligatsiyalar;
xazina majburiyatlari;
depozit va xazina sertifikatlari;
11
veksellar;
hosilaviy qimmatli qog’ozlar kiradi.