2.3. Sho’’ba jamiyatlariga yo’naltirilgan investitsiyalarni baholash
xususiyatlari
Birlashtirilayotgan jamiyatlar hisobdorligining tegishli moddalarini
jamlash natijasida olingan jamlangan balans umumlashtirilgan balansni
tuzishning asosi hisoblanadi. Biroq, ushbu jamlangan balans Bosh va sho’’ba
korxonalari guruxining mulkiy ahvolini aniq aks ettirmaydi. Chunki, uning
ko’pgina moddalari qayta hisoblashni o’z ichiga oladi, yoki Birlik nazariyasi
nuqtai nazaridan ba’zi bir moddalarni g’ayri qonuniy aks ettirish hisobidan
“bo’rttirilgan”. Ushbu muammolar o’z ichiga quyidagi tarkibiy qisimlarni
oladigan umumlashtirilgan balansni tuzishda hal etiladi:
- kapitallarni umumlashtirish;
- «majburiyatlar»ni birlashtirish.
Jamlangan balansda bosh korxonaning sho’’ba jamiyati kapitalidagi
ishtiroki kabi, sho’’ba jamiyatining shaxsiy kapitali ham aks ettiriladi, ya’ni u
o’z ichiga istisno qilinishi lozim bo’lgan qayta hisoblashni oladi. Buning uchun
kapitallarni umumlashtirish davomida bosh korxona balansida u yoki bu
jamiyatda ishtirok etish qiymati va sho’’ba jamiyati shaxsiy kapitalidagiunga
tegishli ulush taqqoslanadi. Ular bir-biri bilan qayta hisoblashadi va shu tarzda
qayta hisoblash istisno qilinadi.
Kapitallarni umumlashtirish yangi sho’’ba jamiyatidagi ulush u yoki bu
uslubda sotib olingan bo’lsa yoki u yoki bu jamiyat boshqa sabablarga ko’ra
oxirgisining tavsifiga javob bersa amalga oshiriladi. Umumlashtirish nazariyasi
bunga olib keladigan va bosh korxonaning sho’’ba jamiyatidan ulushni turli
36
yo’llar bilan sotib olishga asoslangan ikkita asosiy yo’lni ko’zda tutadi. Ulushni
sotib olish usullaridan qat’iy nazar kapitallarni umumlashtirish ikki uslubdan
birida amalga oshiriladi:
1.Sotib olish uslubi (aktsiyalar paketini sotib olish) (purchase-method)
yoki,
2.Birlashtirish uslubi (manfaatlarni birlashtirish) (poling-of-interrests-
method).
Birinchi uslub-
sotib olish uslubi
bosh korxona yoki boshqa sho’’ba
jamiyati tomonidan birorta jamiyatda ishtirok ulushini sotib olish jarayonini
nazarda tutadi. Bu jarayon mulkchilik huquqi berish va odatda (biroq, hamma
vaqt emas) yangi sotib olingan ulush haqqini avvalgi egasiga to’lash hamda pul
mablag’larining Bosh va sho’’ba korxonalari guruxi tashqarisiga ketishi bilan
bog’liq bo’ladi.
Ikkinchi uslub- b
irlashtirish uslubi
ikki yoki undan ko’p jamiyatlarni
birlashtirishda, sotuvchi va sotib oluvchi o’rtasida ulushlar bilan o’zaro
almashishda foydalaniladi. Bunda sotib oluvchini aniqlab bo’lmaydi,
jamiyatlarning o’zaro ishtiroki esa operatsiya natijasi hisoblanadi. Bir jamiyat
birinchi holatdagidek, boshqasini sotib olmasligi ushbu uslubni qo’llash uchun
dastlabki shart hisoblanadi va bunda mulkchilik munosabatlar tuzilmasi
o’zgarmaydi.
Birinchi uslub-sotib olish uslubi foydalanish uchun asosiy uslub
hisoblanadi. Chunki, odatda sho’’ba jamiyatini sotib olish jarayoni natijasida
nazorat qilish imkoniga ega bo’ladi. Ikkinchi uslub esa birinchisiga muqobil
hisoblanmaydi, u juda kam va faqat qat’iy belgilangan holdagina, ya’ni ma’lum
bir qat’iy shartlar va cheklanishlarni bajarishda qo’llaniladi.
BHXSga muvofiq ular quyidagilar:
Birlashayotgan korxonalarning ko’pchilikni tashkil qiladigan qismi
yoki barcha ovoz berish huquqiga ega aktsiyalari (ulushlar) almashinadi yoki
qo’shiladi;
Har ikkala jamiyatning bozor qiymati bir-biridan farq qiladi;
37
Har bir jamiyat ishtirokchilari birlashganidan so’ng bir-biriga nisbatan
umumlashtirilayotgan iqtisodiy birlikdagi ovozlar soni yoki kapital ulushiga
nisbatan tenglikni saqlab qoladi.
Bunda shartlardan birortasi bajarilmasa, birlashtirish uslubini qo’llashning
imkoni bo’lmaydi va sotib olish uslubidan foydalaniladi. Aynan mana shuning
uchun ko’pchilik hollarda sotib olish uslubidan foydalaniladi.
Ta’kidlaganidek, xarid qilish uslubidan agarda sho’’ba jamiyati sotib
olinsa foydalaniladi. Buning natijasida bosh korxona uni nazorat qilish imkoniga
ega bo’ladi. Bunda kapitallarni umumlashtirish davomida hal qilinishi lozim
bo’lgan bir qancha masalalar paydo bo’ladi:
Sotib olish qiymatini aniqlash;
Firma bahosini aniqlash va aks ettirish;
Sho’’ba jamiyatining shaxsiy kapitalidagi shu narxda sotib olingan
ulushni aniqlash;
Kelgusi davrlada kapitallarni umumlashtirish;
Ozchilik ulushni aks ettirish va hakozo.
Xarid qilish qiymati u bilan bog’liq barcha zararlar summasidan
jamlanadi. Biroq, jamiyat «qarzga» sotib olinsa, ya’ni bosh korxona sotib
olinayotgan jamiyatning barcha qarzlarini o’z zimmasiga olsa qo’shimcha
qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatda odatda kreditorlarga
to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lari summasi sotib olish qiymatiga aylanadi.
Ulushni boshqa ob’ekt yoki qimmatli narsalarga almashtirish yo’li bilan sotib
olinsa, sho’’ba jamiyatini sotib olish paytidagi bozor qiymati sotib olish
qiymatiga aylanadi. Bunda ushbu bozor qiymati hujjat asosida tasdiqlanishi va
asoslsnishi kerak.
Kapitallarni bevosita umumlashtirishga kelsak, ushbu uslubning ikkita
asosiy turi mavjud. Birinchi uslub manfaatlar nazariyasida asoslangan va
Amerikaning GAAP andozalariga muvofiq foydalanish uchun yagona bo’lgan-
yangi baholash uslubi. Ikkinchi uslub –manfaatlar nazariyasiga balansli baholash
uslubi.
38
Majburiyatlarni umumlashtirish shunday jarayonki, uning davomida Bosh
va sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlarining bir-biriga nisbatan qarzdorlik
xususiyatiga ega barcha munosabatlar va ularning natijalari yo’qotilishi lozim.
Chunki unda Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining mulkiy holati noto’g’ri
tasavvur qilinadi. Majburiyatlarni umumlashtirish, birinchi navbatda Bosh va
sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlarining bir-biriga nisbatan debitorlik,
kreditorlik qarzlari, bir biriga berilgan zaym va kreditlar, avans to’lovlari,
qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar, kelgusi davrlarning yuzaga kelgan xarajat va
daromad bandlari hamda Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi
munosabatlari natijasida yaratilgan zaxiralariga aloqador. Barcha mazkur
ko’rsatkichlar majburiyatlarni umumlashtirish jarayonida bir-biri bilan qayta
hisoblanadi va umumlashtirilgan hisobotga kiritilmaydi.
Yuqorida
Sho’’ba
jamiyatlariga
qo’llaniladigan
to’liq
umumlashtirishning tarkibiy qismlari ko’rib chiqildi. Avval ta’kidlanganidek
birgalikda nazorat qilinadigan jamiyatlar va birgalikdagi faoliyatning
umumlashtirilgan hisobotga kiritilishi mos ravishda umumlashtirish uslubidan
foydalanish vositasida amalga oshiriladi. Bu uslub tarkibi va tartibiga ko’ra
to’liq umumlashtirish uslubiga o’xshash hamda quyidagilar bilan farqlanadi:
•
birgalikda nazorat qilinadigan jamiyatning mol-mulki va majburiyatlari,
xarajat va faoliyat natijalari umumlashtirishning birinchi boskichida bandma-
band va chiziqli qo’shishda to’liq hajmda emas, tegishli jamiyatda Bosh va
sho’’ba korxonalari guruhining ulushiga mos hajmda hisobga olinadi;
•
kapitallarni umumlashtirish uchun xarid uslubi qo’llanadi, ayni paytda
ko’shilish uslubiga yo’l qo’yilmaydi;
•
ozchilik ulushi hisobga olinmaydi va aks ettirilmaydi (bu balans va
yangi qiymat uslublari bir-biriga mos kelishiga olib keladi).
Majburiyatlarni,
oraliq
natijalarni,
daromad
va
xarajatlarni
umumlashtirish to’liq umumlashtirishga o’xshab, ammo mos ravishda amalga
oshiriladi. Bosh kompaniyaning Bosh va Sho’’ba korxonalari guruhining u yoki
bu jamiyatiga ta’siri darajasiga asoslangan bosqichli kontseptsiyaga muvofiq,
39
keyingi bosqich Bosh va Sho’’ba korxonalari guruhi hisobdorligiga Equity
uslubi yordamida qo’shiladigan bog’liq jamiyatlardir.
Mazkur uslubning asosiy xislati shundan iboratki, to’liq va mos ravishda
umumlashtirish uslubidan farqli o’laroq, alohida jamiyatning hisobdorligidan
mol-mulk va majburiyatlar, daromad yoki xarajatlar Bosh va Sho’’ba
korxonalari guruhi hisobdorligiga kiritilmaydi. Unda faqat ishtirok qiymatining
«rivojlanishi» (inglizcha- Equity) - bog’liq jamiyatning o’z kapitaliga, bosh
kompaniyaning ishtirok ulushiga mos ravishda aks etadi. Equity qiymatini
aniqlash uchun (to’liq umumlashtirishdagi kapitallarni umumlashtirishga
o’xshash tarzda) ikki uslub qo’llanishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |