Korxona, tashkilot va muassasalarning hisob siyosatlari
19
bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayoni
qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab berish; mamlakatda
investorlar uchun to’laqonli raqobatni ta’minlash; moliyaviy moddiy va aqliy
boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga
tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Mazkur investitsion siyosatni amalga oshirishdagi tadbirlarni to’g’ri
yuritilishini ta’minlashda buxgalteriya hisobini zamon talabi darajasida va
buxgalteriya hisobining milliy hamda xalqaro standartlari asosida yuritilishini
tashkil qilish zarurdir.
Bizga ma’lumki, investitsiyalar- ma’lum davr davomida iqtisodiy foyda
ko’rish maqsadida qo’yilgan kapitalni bildiradi. Investitsiyalarning tarkibiy
qismi bo’lgan moliyaviy investitsiyalar bu daromad olish va asosiy kapital
qiymatini ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida qisqa va uzoq muddatli
investitsiyalarga ajratilgandir.
Investitsiyalar hisobini zamon talablari va makon amaliyoti talablari
darajasida tashkil qilish uchun, avvalo ularni hisobga olishning vazifalari
quyidagilardir:
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni hamda ular bo’yicha
olingan daromadlarni o’z vaqtida to’g’ri aniqlash;
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan
mablag’larni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
-moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMA va BXXAlarni keng
qo’llash;
-uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning
korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash;
-moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli
qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq
to’g’ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida
o’tkazishni ta’minlash;
20
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobiga kelib tushgan
mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi ehtiyoji
uchun ishlatishni ta’minlash.
Korxonalarda ko’pgina muammolar tug’ilmoqda. quyida ushbu
muammolarning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz:
1.
Qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari
bo’yicha foizlar hisobi.
Schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha instruksiyada xarid qilib olingan
qimmatli qog’ozlar qiymatiga «xarid qilingan qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya
hisobiga qabul qilgungacha ularni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari
bo’yicha to’langan foizlar» ham xarid qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga
(tannarxiga) qo’shilishi ko`zda tutilgan. Bunda yuqorida keltirilgan tartibdan
quyidagi xulosaga kelish mumkinki, qarz mablag’lari bo’yicha foizlarni xarid
qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga qo’shish uchun, qarz mablag’lari
qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirgungacha ishlatilishi lozim.
Bu yerda qarz mablag’larining ishlatilishi deyilganda, qimmatli qog’ozlar
qiymatining to’lanilishi tushuniladi. Ammo, yuqorida keltirilgan tartibga asosan,
agar xarid qilinayotgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha huquqlar ularning
to’lovigacha olingan bo’lsa u holda qarz mablag’larining ishlatilishi qimmatli
qog’ozlar qiymatiga qo’yilmaydi. Bu xarajatlarning korxona foyda va zararlar
schotiga olib borilishi to’g’riroq bo’ladi.
Qimmatli qog’ozlarni xarid qilish uchun olingan qarz mablag’lari bo’yicha
foizlar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish uchun olingan
qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi kabi bir xil tartib joriy qilingan.
Yuqorida keltirilgan me’yoriy hujjatlarga asosan, 08 «Kapital qo’yilmalar»
schyotining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga qilingan qo’yilmalariga shu
maqsadlar uchun korxonalarning bank krediti bo’yicha to’lanadigan foizlari va
boshqa qarz majburiyatlari bo’yicha xarajatlari kiradi.
Bunda asosiy vositalar ob’yektlarini foydalanishga topshirilishi va hisobga
olingandan keyin to’langan (hisoblangan) foizlar 9910 «Yakuniy moliyaviy
21
natijalar» schyotiga olib borilishi yoki boshqa shunga o’xshash manbalardan
foydalanish mumkinligi ko’zda tutilgan.
Fikrimizcha qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda ishlatiladigan qarz
mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni
xarid qilishdagi qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi kabi bir xil tartibda
amalga oshirilishi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona va
tashkilotlar uchun to’liq asoslidir, chunki ular tomonidan qimmatli qog’ozlarni
xarid qilish doimiy uchrab turadigan operatsiyalar turiga kirmaydi.
Qonunchilikda ya’ni me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda aynan mana shunga
urg’u berilgan.
Biroq qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli
qog’ozlar bo’yicha operatsiyalari aksariyat hollarda ularning asosiy faoliyat
turlariga kiradi. Shuni hisobga olgan holda qonunchilikda qimmatli qog’ozlar
jarayoni va ularning tannarxini to’g’ri shakllantirish masalalarida ularning,
faoliyat turi xususiyatlarini hisobga oluvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilsa
maqsadga muvofiq bo’ladi.
2.
Qimmatli qog’ozlarni hisobdan chiqarishga taalluqli xarajatlarni aks
ettirish tartibi.
Bugungi kunda qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari
oldida turgan yana bir muhim masalalardan biri, bu qimmatli qog’ozlarni
hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni soliqqa tortilishining buxgalteriya
hisobi hisoblanadi.
Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar
rejasini qo’llash bo’yicha instruktsiyasiga muvofiq qimmatli qog’ozlarning
balans qiymati, ularni sotish bahosi hamda boshqa moliyaviy qo’yilmalar 9220
«Boshqa aktivlarni hisobdan chiqarishlar» schyotida aks ettiriladi.
9220 schotning debetida hisobdan chiqarilayotgan qiymatliklarning balans
qiymati hamda u bilan bog’liq xarajatlar aks ettiriladi. Ma’lumki, qimmatli
qog’ozlarning vositachilarga to’langan komission mukofot xarajatlarini o’zida
aks ettirgan xarid qiymati hisobdan chiqarilishi balansda 9220-«Boshqa
22
aktivlarni hisobdan chiqarishlar» schyotining debeti va 0600 «Uzoq muddatli
moliyaviy qo’yilmalar» schyotlarida aks ettiriladi. Shunday qilib, qimmatli
qog’ozlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni 9220-«Boshqa
aktivlarni hisobdan chiqarishlar» schyotining debetida hisobga olinadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 oktyabr
№444-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish
va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to’g’risidagi» Nizomda boshqa turdagi mulk va sotishdan tashqari olingan
daromadlar va ushbu operatsiyalar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija (foyda
yoki zarar) soliqqa tortilishida, moliyaviy natijadan sotilgan maxsulot tannarxi,
asosiy vositalar va korxonaning boshqa mulklari va sotishdan tashqari olingan
daromadlar va ushbu operatsiyalar bo’yicha xarajatlar chiqarilishi ko’zda
tutilgan.
Fikrimizcha xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomda boshqa turdagi mulk
realizatsiyasi moliyaviy natijasi tushunchasiga aniqlik kiritilmagan. Yuqorida
qayd etilganidek buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha
instruksiyada keltirilishicha, boshqa turdagi mulk realizatsiyasi bo’yicha
moliyaviy natijalar tarkibiga uning realizatsiyasi bilan bog’liq xarajatlar ham
kiradi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasining «Korxona va
tashkilotlarning byudjetga daromad (foyda) solig’ini hisoblashi va to’lashi
tartibi» to’g’risidagi yiriqnomasida boshqa turdagi realizatsiyasidan (Ushbu
turga qimmatli qog’ozlar ham taalluqli) olingan foydani (zarar), soliqqa
tortishda mulkning boshlang’ich qiymati va sotilgan bahosi o’rtasidagi farq soliq
bazasiga qo’shilishi nazarda tutilgan.
Demak, shunday nuqtai nazar ham mavjudki, unga ko’ra yuqorida qayd
etilgan instruktsiyaga muvofiq qimmatli qog’ozlarning realizatsiyasi bilan
bog’liq xarajatlar soliqqa tortilmaydi.
Biroq yo`riqnomaga to’liq amal qilinishiga to’g’ridan-to’g’ri olib
borilmaydigan qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi amalga oshirilishida yuzaga
keladigan umumxo’jalik xarajatlarining miqdoriga korxona daromad solig’i
23
bazasi kamaytirilmaydi.
Yuqorida qayd etilganidek, investitsion institutlar tomonidan qimmatli
qog’ozlar operatsiyalarining amalga oshirilishi ular faoliyatining asosiysi
hisoblanadi. Bular kompaniya ustavida keltirilgan.
Shunday qilib, ba’zi me’yoriy hujjatlar qimmatli qog’ozlar bozori
professional ishtirokchilarining faoliyatini asosiyligini tasdiqlasa, boshqalari esa
uni boshqa faoliyat turlari bilan bog’liqligini tasdiqlaydi.
Qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari faoliyatining to’g’ri
aniqlanishi-soliq bazasini to’g’ri aniqlash va hisoblash shu jumladan, qimmatli
qog’ozlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning hisobi uchun, hamda
asosiy faoliyat bilan bog’liq umumxo’jalik xarajatlarini to’g’ri hisoblash uchun
kerakli sharoitdir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, yuqorida sanab o’tilgan
holatlarning kelib chiqishiga asosiy sabab qimmatli qog’ozlar bozori
professional ishtirokchilarining faoliyatini soliqqa tortish bo’yicha tartibning
yo’qligidir. Amaldagi qonunchilikda professional ishtirokchilarning statusi
belgilanmagan, ya’ni qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari soliq
qonunchiligi va buxgalteriya hisobining mustaqil sub’yektlari hisoblanmaydi.
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan asosiy faoliyat (qimmmatli qog’ozlar
oldi-sotdisi) qonunchilikda ba’zi hollarda boshqa faoliyat turiga olib borilgan.
Qonunchilikdagi keltirilgan bunday qarama-qarshiliklar eng kamida
ikkilamchi hisobni yuritishni taqozo etadi: buxgalteriya va soliq hisobi. Bunday
hisobda investitsiya kompaniyalari barcha faoliyatidan soliq to’lab, bunda o’z
faoliyatini amalga oshirishidagi xarajatlarni hisobga olisha olmaydi, hamda
ba’zi zararlar mavjudki, ular bilan fond bozorida normal faoliyat yuritish
murakkab hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |