1-jadval
5800 – «Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyoti bo’yicha
schyotlar korrespondentsiyasi
№
Xo’jalik
muomalalarning
mazmuni
Schyotlar
korespodentsiyasi
Debet
Kredit
1.
Asosiy
vositalarni
berish
hisobiga
qimmatli
qog’ozlarning
qabul
qilinishi
5810
9210
2.
Nomoddiy
aktivlarni
berish
hisobiga
qimmatli
qog’ozlar
qog’ozlarning
qabul
qilinishi
.
5810
9220
3.
Qimmatli
qog’ozlarni
ularning
qiymatini
hisob
-
kitob
va
valyuta
schyotlaridan
to’lash
orqali
xarid
qilinishi
.
5810
5110, 5210
5220
4.
Qimmatli
qog’ozlarning
naqd
pul
hisobiga
xarid
qilinishi
5810
5010
5.
Qimmatli
qog’ozlarning
sotilishi
5110
5810
6.
Boshqa
korxonalardan
qisqa
muddatli
qarzlarning
qaytarilishi
.
5110
5830
7.
Mol
etkazib
beruvchilardan
bo’lgan
qarzning
qimmatli
qog’ozlarni
berish
hisobiga
uzilishi
6010
5810
Korxonalarda ochilgan analitik schyotlar mamlakat hududidagi va chet
eldagi qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumot olish
imkonini berish kerak.
2.2. Milliy standartlar asosida investitsiyalarni baholash tartibi
Aktsiyalar, obligatsiyalar va unga o’xshash qimmatli qog’ozlar 0610
“Qimmatli qog’ozlar” schyotining debeti bo’yicha sotib olingan qiymatida
hisobiga olinadi va qimmatli qog’ozlar hisobiga olingan avvalgi schyotlari
kreditida ularning hisobiga berilgan qiymatliklar aks ettiriladi. Korxona
tomonidan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun mablag’lar o’tkazilsa,
lekin hisobot davrida korxonaga ularga egalik huquqini beruvchi tegishli
hujjatlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa korxonalarga o’tkazilgan qo’yilmalar
summasi guvohnomalar va boshqalar) olinmasa, bular 0610 “Qimmatli
qog’ozlar” schyotida alohida ko’rsatiladi. Agarda, korxonalar tomonidan sotib
olingan aktsiyalar,obligatsiyalar va boshqa shunga o’xshash qimmatli qog’ozlar
to’liq qiymati nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda har safar ularga to’g’ri
keladigan daromad hisoblanganda harid qilish va nominal qiymatlar orasidagi
farqi quyidagicha buxgalteriya yozuvlari orqali hisobdan chiqariladi:
29
Debet 0690- «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa harajatlar»,
Kredit 0610 -«Qimmatli qog’ozlar».
Agarda, korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa
shunga o’xshash qimmatli qog’ozlarning xarid qiymati ularning nominal
qiymatidan past bo’lsa, u holda har safar ularga daromad hisoblanganda harid
qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqning bir qismi qayta hisoblanadi
(to’ldiriladi) va quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Debet 0610- «Qimmatli qog’ozlar»,
Kredit 9590- «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar».
Qimmatli qog’ozlar daromad hisoblanganda (olinadigan daromad
miqdorida) buxgalteriya hisobidan quyidagicha aks ettiriladi:
1. Obligatsiyalar uchun olinadigan foizlar:
Debet 4830- «Olinadigan foizlar»,
Kredit 9530- «Foiz ko’rinishidagi daromad».
2. Aktsiyalar uchun olinadigan dividendlar:
Debet 4840 –«Olinadigan dividendlar»,
Kredit 9520- «Dividend ko’rinishidagi daromad»
Qimmatli qog’ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy
hisobotlar standartlarga muvofiq ikkta usuldan foydalanish mumkin:
1.Qiymat usuli. Ushbu usul qo’llanganda. Investor o’z mablag’ini boshqa
korxonaga dastlabki qiymati bo’yicha qo’yadi. Uning asosiy tamoyilari shundan
iboratki, investitsiyalar qiymati sho’’ba tizilmalarining moliyaviy ahvolidan
qat’iy nazar o’zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi
sifatida hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo’llash tavsiya etiladi:
- sho’’ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va
uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo’lganda;
- sho’’ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag’ o’tkazish qobilyatini
jiddiy darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar
30
doirasida faoliyat yuritganda. Masalan, sho’’ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot
tomonidan quyiladigan dividendlarni to’lashda cheklashlar mavjud bo’lishi
mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho’’ba
jamiyatiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazish va nazorat qilish hollarida qo’llash
tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho’’ba jamiyatining xo’jalik faoliyati
natijalariga bog’liqlikda o’zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati
oshadi, zarar esa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib
ravishda aks ettiriladi: uning sho’’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko’p bo’lsa,
bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko’p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar
qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Misol. «1-Avtokorxona» OAJ (bosh jamiyat) sho’’ba jamiyatining
aktsiyalarini 60 foizini 28000 ming so’m nominal qiymati bo’yicha sotib oladi
va buxgalteriya hisobidan quyidagicha yozuvlarni amalga oshiradi:
Debet 0620 -«Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 28000 ming
so’m
Kredit 5110- «Hisob-kitob raqami» - 28000 ming so’m
Hisobot yili tugagach, sho’’ba jamiyati 4400 ming so’m sof foyda oladi
va u bosh jamiyat nazoratida bo’lganligi bois investitsiyalar qiymatining
oshganligini hamda daromad summasini egalik ulushiga munosib ravishda,
(4400x 60 %) 2640 ming so’mni buxgalteriya hisobidan quyidagicha aks
ettiradi:
Debet 0620- «Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»- 2620 ming
so’m
Kredit 9590- «Moliyaviy faoliyatidan boshqa daromadlar» -2620 ming
so’m.
31
Mazkur muomaladan so’ng investitsiyalarning balans qiymati 30620
(2800+2620) ming so’m, ya’ni, sho’’ba jamiyatining foydasi darhol bir
tomondan – investitsiyalar qiymatining oshishi, boshqa tomondan – bosh
jamiyatning daromadi sifatida aks ettiriladi. Bunda o’ziga yarasha mantiq bor:
sho’’ba jamiyati bosh jamiyat nazoratida bo’ladi, uning ruxsatisiz bu foydani
ishlatib bo’lmaydi, shuning uchun sho’’ba jamiyati tomonidan ishlab topilgan
foyda bosh jamiyat daromadi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, sho’’ba
jamiyatidan olingan dividendlarni bosh jamiyatga daromad sifatida aks ettirib
bo’lmaydi, aks holda bir daromad ikki marta ifodalangan bo’ladi. Bunda
dividendlar investitsiyalarning kamayishi (qaytishi) sifatida e’tirof etiladi.
Faraz qilaylik, sho’’ba jamiyati dividendlar sof foydaning 50 foizi
miqdorida, ya’ni 2200 ming so’m to’lash haqida ma’lum qiladi. Bu holatda bosh
jamiyat o’zining ulushiga mutanosib ravishda-mazkur summasining 60 foizini
olishi va buxgalteriya quyidagicha aks ettirilishi lozim:
Debet 4840- «Olingan dividendlar»- 1320 ming so’m
Kredit 0620- «Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» 1320 ming
so’m.
Bu muomalalardan keyin investitsiyalarning balans qiymati 29300
(30620-1320) ming so’mni tashkil qiladi. Ya’ni, ulushbay ishtirok usuli
bo’yicha sho’’ba jamiyatiga investitsiyalar hajmi sho’’ba jamiyat olgan foyda
(zarar) ning tegishli ulushini undan olingan dividendlarni ayirgan holda vaqti-
vaqti bilan uzatib boriladi. Bizning fikrimizcha, ushbu usul bizning
iqtisodiyotimizda qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yuqorida ko’rsatilgan ikkala holatda: qimmatli qog’ozlar bo’yicha
korxonaga tegishli bo’lgan daromadni hisoblashda hisobdan chiqariladigan xarid
va nominal qiymat o’rtasidagi farq umumiy farq summasidan va qimmatli
qog’ozlar bo’yicha daromad to’lashning belgilangan muddatlaridan kelib chiqib
aniqlanadi; qimmatli qog’ozlarni so’ndirish (sotib olish) muddatiga:
32
1) Qiymat usulida ularning 0610- «Qimmatli qog’ozlar» schyotida bahosi
milliy standartlarga asosan nominal qiymatiga xalqaro standartlarga asosan eng
past qiymatga to’g’ri kelish kerak.
2) Ulushbay ishtirok usulida ularning 0610- «Qimmatli qog’ozlar»
schyotidagi bahosi xalqaro standartlarga asosan balans qiymatiga to’g’ri kelishi
kerak. Uzoq muddatli investitsiyalarni so’ndirilishi (sotib olinishi) va sotilishi
quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9220- «Boshqa aktivlarni hisobdan chiqarish»,
Kredit 0600- «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar»
(tegishli schyotlari bo’yicha).
Aktivlarni qayta baholash natijasida tashkil qilinadigan zaxira kapitalini
yaratish va to’ldirib borish 8510- «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»
schyotining krediti bo’yicha qayta baholash natijasida qiymatning o’sishi
aniqlangan aktivlarning schyotlari bilan korrespondenttsiyalanib aks ettirilishi
maqsadga muvofiqdir. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek uzoq muddatli
qimmatli qog’ozlarning balans qiymati ularning sotilish vaqti kelguncha
nominal qiymatiga teng bo’lishi lozim. Demak, uzoq muddatli qimmatli
qog’ozlarning qiymatini nominal bahosi keltirish uchun ularning balans qiymati
ko’payishi (kamayishi) 9560- «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan
daromad», 9690- «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarflar» schyotlari bilan
korrespondenttsiyalanadi.
Qayta sotish uchun xarid qilingan qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan
tushum 9220- «Boshqa aktivlarni hisobdan chiqarishlar» schyotlarining debeti
uzoq muddatli investitsiyalarni hisobiga olish schyotlarining krediti bilan
korrespondenttsiyalanadi.
21- sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati
buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» buxgalteriya hisobining Milliy
standartiga muvofiq, bizningcha 5810- «Mulkni qayta baholash bo’yicha
33
tuzatilishlar» schyotida qayta baholash natijalari bo’yicha aniqlanadigan
qimmatli qog’ozlar qiymatini o’sishi hisobiga olinishi kerak.
Bundan tashqari 12-son «Moliyaviy investitsiyalarni hisobi» BHMS ning
21-bandiga muvofiq «uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash
natijasida paydo bo’lgan qo’shimcha miqdor xususiy kapitalda aks ettirilgan
o’sha investitsiyalarni oldingi baholash qiymati hisobidan amalga oshiriladi.
Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamayishi miqodri, ilgari qayta
baholashdan olingan daromad miqdoridan ko’p bo’lsa bu tafovut harajat sifatida
hisobga olinishi lozim. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo’shimcha
baholash miqdori, mazkur investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so’ng,
xususiy kapital ko’payishiga kiritiladi».
Shularni hisobga olganda yuqorida ifodalangan 21-sonli «Xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisob-
varaqlarning rejasi» BHMS dagi 0610 «Qimmatli –qog’ozlar» va 8510-
«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» va 12-sonli «Moliyaviy
investitsiyalarni hisobi» BHMS orasidagi mutanosibliklarni bartaraf etish uchun
ushbu me’yoriy hujjatlarga bizning fikrimicha quyidagi o’zgartirish kiritilsa
maqsadga muvofiq bo’lar edi:
21- sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati
buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» BHMS ning 6 paragrifi 0600 «Uzoq
muddatli investitsiyalarni hisobi schyotlari» schyotining 59- moddasida
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |