balans
va
mos qiymat uslublari
(qiymat bahosiga nisbatan bu kapitallarni umumlashtirishdagi yangi qiymat
uslubiga to’g’ri keladi). Bu uslublar turli natijalarga olib kelishi mumkin.
Balans qiymati uslubi ishlatilganda Equity qiymati birlamchi
umumlashtirishda bog’liq jamiyatga katta ta’sir ko’rsatayotgan jamiyat
balansida ifodalangan qiymatga ko’ra, ya’ni xarid qilish qiymatiga ko’ra
belgilanadi. Ayni paytda, to’liq umumlashtirishdagi kabi ishtirokning balans
qiymati bog’liq jamiyatning o’z kapitalining tegishli qismi bilan tenglashadi.
Ular o’rtasidagi farq yashirin zahiralar aniqlangandan va tegishli bandlarga
qo’shilgandan so’ng umumlashtirilgan balansning alohida bandi sifatida
ifodalanadi.
Mos qiymat uslubi ishlatilganda birinchi yilda bog’liq jamiyatda ishtirok
balans qiymati (xarid qiymati) bo’yicha emas, «ta’sir ko’rsatuvchi jamiyatning
bog’liq jamiyatning o’z kapitali ulushiga mos» summada aks etadi. Bunda o’z
kapitali deganda o’z balans kapitali emas, yangi qiymat uslubiga o’xshash
tarzda kapitallarni umumlartirishda mol-mulk va majburiyatlar qayta
baholangandan so’ng belgilanadigan miqdor tushuniladi.
Keyingi davrlarda umumlashtirilgan hisobdorlikdagi Equity qiymati
tegishli bog’liq jamiyatning o’z kapitali o’zgarishi miqdoriga qarab ko’payadi
yoki kamyadi. o’z kapitalining bunday ko’payishi yoki kamayishi Bosh va
sho’’ba korxonalari guruhining moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotda
40
alohida band sifatida aks ettiriladi. Biz bu maqsadda qBog’liq
jamiyatlarda
ishtirok etishdan moliyaviy natija» deb atalgan bandni ishlatishni tavsiya
qilamiz.
Birlashish uslubidan fondalanganda birinchi yilda quyidagi ma’lumotlarni
ko’rsatish lozim:
-chiqarilgan aktsiyalar turi va sonini har bir jamiyatning birlashtirish
davomida ayirboshlangan ovoz beruvchi aktsiyalari soni bilan birga;
-u yoki bu jamiyat tomonidan boshqarilgan mol-mulk va majburiyatlar
summasini;
-sotishdan tushgan mablag’ va boiqa daromadlar, noan’anaviy daromadlar
va xarajatlar, shuningdek birlashishgacha har bir jamiyat tomnidan olingan
yakuniy moliyaviy natija, agar bu summalar umumlashtirilgan natijaga kiritilgan
bulsa.
Agar umumlashtirilgan hisobotni tayyorlash hisobot sanasi bosh
kompaniyaning hisobot sanasiga tug’ri kelmasa, ular ro’y bergan katta ishlar
yoki voqealarni keyingi tuzatishlar sifatida aks ettirish lozim.
Bundan tashqari, yuqorida aytilganlardan tashqari, umumlashtirilgan
hisobotga izoh tariqasida hisobotni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan
boshqa izohlar ham kiritilishi mumkin.
|