Bitiruv malakaviy ishining tarkibi
kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
6
I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALSH SHAROITIDA
INVESTITSIYALAR HISOBINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
1.1.
Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi
ahamiyati
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
Respublikamiz
iqtisodiyotining barcha bo’g’inlarda investitsion faollikning oshirilishi,
investitsiya resurslaridan samarali foydalanish, katta hajmdagi investitsiyalarni
amalga oshirish taqozo etmoqda, yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, qo’shma
korxonalar soni oshib bormoqda. Respublikamiz iqtisodiyotiga safarbar etilgan
yirik miqiyosda investitsiyalar import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishning
barpo qilinishi va yangi mahsulot turlarining o’zlashtirilishi bilan bog’liq bo’ldi.
Bunday tuzilmaviy o’zgartirishlar jahon xo’jaligiga kirib borish,
mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi.
Investitsiyalashning ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilash, ilmiy
asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilish investitsiya faoliyatini oqilona
tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarning barcha shart-
sharoitlarini hisobga olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini
belgilaydi. Mamlakatimiz investitsiya faoliyatida, ayniqsa, xorijiy investitsiyalar
ishtiroki kuchayib bormoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Bir so’z
bilan aytganda, 2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish
va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar
qiymatidagi investitsiyalar yo’naltirish, ularning o’sish sur’atini 109,3 foizga
etkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig’ini
xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi, bu 2015 yilga nisbatan 20,8 foiz ko’pdir.
Shu borada muhim bir masalaga e’tiboringizni alohida jalb etmoqchiman.
Ya’ni, ilgari tushimizda ham ko’rmaydigan investitsiyalar, avvalo, chet el
investitsiyalarini iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga jalb etar ekanmiz, biz avvalo,
7
shular hisobidan xorijdan olib keladigan texnika va texnologiyalar zamon
talabiga javob beradigan eng yuqori darajada bo’lishi shart”
1
.
Investitsiya faoliyatidagi burilishlar, ta’kidlangan vazifalarni echish;
investitsiyalashning davlat mexanizmini erkinlashtirib borish va bozor
mexanizmlarida qo’llaniladigan sohalarni kengaytirish; investitsiyalashni o’z
jamg’armalari hisobidan ta’minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish
va joriy qilish; loyihaviy, korporativ moliyalashtirish, lizing kabi yangi
usullardan foydalanish sohalarini kengaytirish talab qilinadi.
Oxirgi yillar davomida bozor islohotlarining zafarli yurishi natijasida
«investitsiyalar» atamasi keng qo’llaniladigan tushunchalardan biri bo’lib qoldi.
Har taraflama asoslangan, puxta o’ylangan investitsiya qarorlarini
investitsiyalarni moliyalashtirishning ishonchli manbalari bilan chambarchas
bog’liqlikda qabul qilish zarurligini va chet el kapitalini jalb qilishning kengayib
borayotganligini hisobga oladigan bo’lsak, hozirgi zamon moliya nazariyasi
nuqtai nazaridan investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib
berish, ularning eng muhim sifat tavsiflarini aniqlash g’oyat dolzarb masala
hisoblanadi.
Investitsiyalarning mazmun va mohiyatini aniq ochib berish uchun pul
oqimlarining zamonaviy va bo’lajak qiymatlaridan kelib chiqqan holda tahlil
olib borish maqsadga muvofiq.
Iqtisod fanlarining turli tarmoqlarida, amaliy faoliyatning turli
yo’nalishlarida investitsiyalashning maqsadlari, harakatlar yo’nalishi, sohalar
xususiyatlari, safarbar etilish ob’ektlari, harakat yo’nalishlaridan kelib chiqib va
ahamiyatiga qarab «investitsiyalar» tushunchasi o’ziga xos ma’noda ishlatiladi.
Moliya nuqtai nazaridan ularning mazmun va mohiyatini aniq belgilash muhim
vazifa hisoblanadi. Investitsiyalar bo’lajak natijalarni qo’lga kiritish maqsadida,
mohiyatan hozirgi xarajatlarni bildiradi.
1
I.A.Karimovning “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va
tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”T:, O’zbekiston 2016 y. 15 yanvar 6-7
betlar.
8
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi “Invest” so’zidan kelib chiqqan bo’lib
«qo’yish», «mablag’ni safarbar etish» ma’nosini bildiradi. Keng ma’noda
investitsiyalar ko’paytirib qaytarib olish maqsadlarida kapitalni bog’lashni
bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiyalar» tushunchasi iqtisodiy va boshqa
faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga
doir huquqlar tarzida ta’riflanadi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ko’rib chiqishda
shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda «investitsiyalar» atamasini
«kapital qo’yilmalar», «kapital» tushunchalari bilan aynan ma’nolarda qo’llash
holatlari ko’p uchraydi. Bunday hollarda investitsiyalar asosiy kapitalga
mablag’lar qo’yish ma’nosida talqin qilinadi. Ayni paytda shuni ham nazarda
tutish kerakki, investitsiyalar nomoddiy aktivlarga ham, intellektual mulkka
ham, aylanma aktivlarga, shu jumladan, moliyaviy vositalarga ham taalluqli.
Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar
olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda
kapital qiymatini saqlash va ko’zlangan samaraga erishishdan iborat bo’ladi.
Ana shu belgilarga ko’ra investitsiyalar boshqa qo’yilmalardan mazmunan farq
qiladi.
Bularning barchasi asosida kapitalning harakatlanish jarayoni yotadi.
Kapitalning esa harakat qilish jarayoniga jalb etilishi investitsiyalarni mohiyatini
aks ettiradi.
Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog’liq risklardan kelib
chiqqan holda investitsiyalar venchur (riskli), bevosita, portfel va annuitet kabi
turlarga tasniflanadi. Ma’lumki, katta risklar bilan bog’liq bo’lgan, yangi
faoliyat sohalarida yangi aktsiyalar chiqarish venchur kapital shakli hisoblanadi
Demak, investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimol risklar ostida
kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog’lash bo’lib, uning hozirgi
qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg’arish maqsadiga qaratiladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi turlari mavjud:
- real investitsiyalar;
9
- moliyaviy investitsiyalar;
- intellektual investitsiyalar.
Real investitsiyalar - bu korxona asosiy vositalarini vujudga keltirish va
takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa
shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalardir. Buxgalteriya
hisobida bu turdagi investitsiyalar kapital qo’yilmalar sifatida e’tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: |