O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 57



Yüklə 455,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix24.10.2023
ölçüsü455,92 Kb.
#160430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 57 



KIRISH 
Bitiruv 
malakaviy 
ishi 
mavzusining 
dolzarbligi
. O’zbekiston 
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida investitsion faollikning oshirilishi
investitsiya resurslaridan samarali foydalanish, katta hajmdagi moliyaviy 
investitsiyalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Qisqa vaqt mobaynida 
respublikamiz iqtisodiyotiga katta hajmdagi investitsiyalar kiritildi va ular o’z 
ijobiy samarasini bermoqda. 
Bu borada Prezident I.A.Karimov so’z yuritar ekan shunday deydi: 
«Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun 
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 
2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 
milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va 
o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami 
investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan 
ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el 
investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish 
quvvatlarini barpo etishga yo’naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 
milliard 400 million dollar bo’lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti 
qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi. 
2015 yilda amalga oshirgan keng ko’lamli, uzoqni ko’zlagan islohotlarni 
hayotga tatbiq etish erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferentsiyalar yo’lini 
ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish 
va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini va uning 
makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlash bo’yicha o’z ijobiy ta’sirini berdi, 
desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.
2016 yil uchun belgilangan, umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod 
bo’lgan 164 ta yirik investitsiya loyihasini belgilangan muddatlarda so’zsiz 



ishga tushirishni ta’minlash bo’yicha zarur chora-tadbirlarni kechiktirmasdan 
amalga oshirish lozim»
1

Darhaqiqat xo’jalik yurituvchi sub’yektlarga o’z moliyaviy resurslaridan 
foydalanishda mustaqillik berilishi, respublikamiz va chet el investorlarining 
investitsiyalarini jalb qilish uchun huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar 
yaratilganligi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy aloqalari 
uyg’unlashuvi, yangicha moliya vositalari va omillarining vujudga kelishi uzoq 
muddatli investitsiyalashning ilgari amalda bo’lgan tashkiliy mexanizmini 
tubdan isloh qilmoqda. 
Mana shu holat O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarni baholash bozor 
munosabatlari talablari va mezonlari darajasida tashkil qilishni va 
takomillashtirishni uslubiy jihatdan asoslab berishni, korxonalar tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
uzoq 
muddatli 
va 
qisqa 
muddatli 
moliyaviy 
investitsiyalarning hozirgi davr shart-sharoitlariga mos keladigan qoidalarini 
ishlab chiqish zarurati talab etilmoqda. 
Ko’rib 
chiqilayotgan 
bitiruv 
malakaviy 
ishining 
dolzarbligi, 
respublikamizda korxonalarning investitsiyalarini baholash buxgalteriya 
hisobining milliy standartlarini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bilan 
taqqoslash muammolari, ularning nazariy jihatdan yetarli darajada ishlab 
chiqilmaganligi hamda hozirgi sharoitda alohida amaliy ahamiyatga ega ekanligi 
bitiruv malakaviy ishining mavzusi, maqsadi va vazifasini hamda natijalarining 
yo’nalishini tanlashni belgilab berdi. 

Yüklə 455,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin