5
-
moliyaviy investitsiyalar hisobining uslubiy muammolarini aniqlash;
-
milliy standartlar asosida investitsiyalarni baholash va buxgalteriya
hisobida aks ettirishning hozirgi holatini tadqiq qilish;
-
sho’ba
jamiyatlariga
yo’naltirilgan
investitsiyalarni
baholashni
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
-
investitsiyalarni baholashni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab
chiqish.
Bitiruv
malakaviy
ishining
predmeti.
Investitsiyalar
hisobini
buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tashkil etish hamda amaldagi
qonunlar va me’yoriy hujjatlar doirasida takomillashtirish bitiruv malakaviy
ishining predmeti hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining ob`yekti
, «Nokis vinozavodi» aktsiyadorlik
jamiyati xujjatlari ma’lumotlari bo’lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Bitiruv
malakaviy ish natijalari nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Unda O’zbekiston
Respublikasining hududida mavjud bo’lgan korxonalarning investitsiyalari
hisobini
milliy
hamda
xalqaro
standartlarni
hisobga
olgan
holda
takomillashtirish bo’yicha bir qator uslubiy tavsiyalar, investitsion faoliyatini
hisoblash jarayonini tartibga solib turuvchi me’yoriy bazani yaxshilashga doir
takliflar ishlab chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishda bayon qilingan ilmiy xulosalar va amaliy
tavsiyalardan moliyaviy investitsiyalarni baholash uchun moliyaviy hisobotni
tahlil qilish negizida qarorlar qabul qilayotgan mulkchilikning barcha
shakllaridagi korxonalarning investorlari, shuningdek, korxonalarning o’zi ham
investitsion siyosatni belgilab olib foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: