O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
makroiqtisodiyot

3-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi 
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va 
bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu 
bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin. 
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi 
va turg’unlik davri boshlanadi.


26 
Ko’tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, 
ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish va to’liq bandlik darajasiga 
erishiladi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega 
bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi. 
Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki 
iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy 
tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko’rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va 
texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha 
fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi. 
Masalan, avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, 
yo’l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Yangi 
texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari 
foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik 
yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab 
bo’ladi. 
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy 
vaziyatlarga bog’lashadi. 
Bu jarayonni monetar siyosatga bog’laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, 
davlat qanchalik ko’p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, 
va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqarish ko’lamining 
pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy 
bosqichlarni narxlashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, 
ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi 
xarajatlar miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Chunki, 
korxonalar o’z tovar va xizmatlarini ularga talab bo’lsagina ishlab chiqaradi. 
Boshqacha aytganda, talab katta bo’lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta 
miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O’z navbatida, ishlab chiqarishda 


27 
bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo’ladi. Yalpi 
xarajatlar miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, ishlab chiqarishning o’sishi katta foyda 
olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib 
boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, 
iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy 
siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin