2
I BOB. “MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH
1.1. Makroiqtisodiyot fanining predmeti, uslubi va vazifalari
Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha
jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va
muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati
hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi
yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu
kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining,
yalpi ichki mahsulot va
milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi.
Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha
qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida
paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli
xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb
ataladi, uni o’rganuvchi fan makroiqtisodiyot deb yuritiladi.
Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy
aylanish alohida olingan
korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadati
harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki
tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning
hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi
hisoblanib, unda
milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot;
b) normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador-
liklarini o’rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki
nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.
3
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo’limi
sifatida
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o’zaro farqlab
olishimiz zarur.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini,
resurslarning to’liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to’lov
balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir
butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy
mexanizmlarini o’rganadi.
Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o’zaro
bog’liq uch jihatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular:
1) milliy iqtisodiyot;
2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;
3) jahon xo’jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni
boshqa mamlakatlar
iqtisodiyoti bilan o’zaro munosabatlari masalasi.
Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari
hisoblanadilar.
Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda.
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o’sishini
ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur
deb hisoblasalar, iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday
aralashishga qarshi fikrlar bildiradilar.
Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi
roli sezilarli darajada
katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy
rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda
iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat
makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni
hisobga
olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z
tasarrufida mavjud bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar
esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda
4
makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik
aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi.
Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi
jarayonlarda mavjud resurslarni
cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish,
farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi.