O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
makroiqtisodiyot

Tayanch so’z va iboralar
: Makroiqtisodiyot, resurslar, tovarlar, xizmatlar, 
daromadlar, xarajatlar, transfertlar, soliqlar, rusurslar bozori, iste’mol bozori, 
makroiqtisodiy model, endogen o’zgaruvchilar, ekzogen o’zgaruvchilar, uy 
xo’jaligi, firmalar. 
Nazorat savollari 
1. Makroiqtisodiyot fani nimani o’rganadi? 
2. Ishlab chiqarish resurslari deganda nimani tushunasiz va ularga nimalar kiradi? 
3. Muqobil qiymat nimani anglatadi? 
4. Makroiqtisodiyot fani qanday tamoyilga asoslanadi? 
5.
 
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy modellardan foydalanishning afzalligi nimada? 
6. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini qanday bozorlar hal qiladi?
 
 
 


14 
II BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR VA 
ULARNI HISOBLASH 
 
2.1. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyati 
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va 
nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi 
iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy 
ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot 
me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab 
chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. 
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning 
o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, 
tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati 
uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida 
davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, 
YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, 
taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali 
shaklda aks ettirishga imkon beradi. 
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan 
foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy 
iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. 
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor 
va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari 
muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur 
mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor 
ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), 
sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), 
ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga
kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, 


15 
aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi 
ichki mahsulot va boshqalar. 
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy 
ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, 
davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy 
imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun 
ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab 
chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy 
ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab 
chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar 
ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) 
xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan 
mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, 
milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan 
daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul 
xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi 
tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat 
xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq 
natijasida, 
mamlakatlar 
o’zining 
mazmuniga 
ko’ra 
ajratib 
turuvchi 
ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi. 
Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni 
milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin; 
1)
Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = Yalpi 
ichki mahsulot. 
2)
Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot. 
3)
Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = milliy daromad 
4)
Milliy daromad – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga 
soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = shaxsiy 
daromad. 


16 
5)
Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar = Ixtiyordagi daromad.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin