12
iste’molchilarning harakatini
bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar
bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar
yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo’jaliklarini
soliqqa tortish bilan birga
korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to’lash orqali ularning ishlab
chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat
resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida
ishtirok etadi. Davlat o’z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va
uy xo’jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to’g’risidagi
qarorlari o’zaro mos kelmagan hollarda ro’y beradigan
iqtisodiy tebranishlarni
tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada
murakkablashadi. Endi unda to’rtinchi makroiqtisodiy sub’ekt- tashqi dunyo ham
paydo bo’ladi. Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish,
eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali
jamg’armalarning investitsiyalarga oqib o’tishi va moliyaviy mablag’larning qayta
taqsimlanishini e’tiborga olsak ko’rib o’tilgan model mukammal emasligiga iqror
bo’lamiz. Ammo shu ko’rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit
holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan
chiqariladigan
xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo’jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari
yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo’lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar
oqimlari (ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul
oqimlari) o’zaro teng bo’lishining asosiy shartidir
Yalpi xarajatlar hajmining
oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o’sishiga olib
keladi . Bu esa o’z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo’ladi.
Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab
beradi. Sabab oqibat bog’lanishlari o’rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar
modeli doiraviy aylanish ko’rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi
uchun yalpi xarajatlar to’xtovsiz o’sib borishi shart.
Bu vazifa byudjet-soliq
siyosati vositalari bo’lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o’zgartirish hamda
13
pul-kredit siyosati vositalari yordamida mul massasini o’zgartirish orqali
bajariladi.
Dostları ilə paylaş: