O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


-chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar –



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
makroiqtisodiyot

 
1-chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar – 
xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli. 
Har bir bozor o’zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar 
va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir 
ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab 
va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo’jaliklari va firmalar tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo’lib hisoblanadi. 
Bunday axborot bir vaqtning o’zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash 
muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining 
oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to’g’risida signal bo’lsa, 
firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni 
tiklash to’g’risida muhim axborot bo’lib xizmat qiladi. 
Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni 
ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va 
Pul daromadlari (ish haqi, 
renta, foiz, foyda) 
 
RESURSLAR BOZORI 
 
UY XO’JALIGI 
 
FIRMALAR
TOVARLAR VA 
XIZMATLAR BOZORI 
Resurslarga 
xarajatlar 
Daromadlar 
Iste’mol xarajatlari 
Resurslar 
Yer, mehnat, 
kapital
Tovar va 
xizmatlar
Tovar va 
xizmatlar


10 
resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish 
masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog’liq xarajatlarga 
transaktsion xarajatlar deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar 
qarorlarini vaqt bo’yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) 
bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-
sotdisi, ularning narxlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, ularning kelajakda 
nisbatan noyobligi to’g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab 
chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko’ra, o’zlarining joriy xo’jalik rejalarini 
qayta ko’rib chiqadilar va o’zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar. 
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish 
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning 
doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model 
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni 
davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (1-chizma). 
Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy 
resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib 
olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor 
mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - 
tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - 
xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari 
etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va 
xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar 
uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad 
oladilar. 
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va 
xarajatlar oqimi jami talabni ko’rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan yopiq 
iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o’zaro teng bo’lishi firmalarnining 


11 
yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo’jaliklarining yalpi 
daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo’lishi shaklida namoyon bo’ladi. Bu 
ko’rsatkichlar o’rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, 
inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko’tarilib ketishiga sabab bo’ladi. Davlat 
aralashuvi mavjud bo’lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko’rinish 
oladi.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin