2.2.Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki
mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim
tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha
yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir.
YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda
ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;
1)
Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan
qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ
2)
Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi
sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni
xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin
davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;
3)
Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy
iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi
ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz
ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi
qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar +
korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi
119,0 trln. so’mni tashkil etdi.
1- jadval
17
2013 yilda O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlar