28
Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni
tabiiy darajasida
amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga
chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan
ortiq, ayrim hollarda undan past ham bo’lishi mumkin. (Ish vaqtidan ortiqcha
ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida).
Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o’z - o’zicha doimiy miqdor
hisoblanishi shart emas, u tartibdagi o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf -
odatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, 60 - yillarda
friktsion va tarkibiy ishsizlarning muqarrar darajasi ishchi kuchining 4% ni tashkil
qildi deb hisoblangan. Boshqacha aytganda, ishchi kuchining 96% band bo’lganda
to’liq bandlilikga erishilishi tan olingan. Hozirgi davrda iqtisodchilar ishsizlikning
tabiiy darajasi taxminan 5 - 6% ga teng deb hisoblaydilar.
Davriy ishsizlik bu iqtisodiyotda pasayish bo’layotgan davrda mavjud bo’lib,
bunda ishchi kuchiga talab bo’lsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila
olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin bo’lgan ma’lum bir
mahsulotdan voz kechiladi.
Barcha ishsizlik ko’rinishlarining darajalari birgalikda ishsizlikning haqiqiy
darajasini ifodalaydi.
Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchi
tarkibidagi foizi sifatida
hisoblanadi.
Ishsizlar soni
Ishsizlik darajasi = * 100%
Ishchi kuchi
Ishchi kuchiga ishlay oladigan va ishlashni hohlagan barcha kishilar kiradi.
Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo’ladi. Boshqacha
aytganda, band bo’lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish
bilan band bo’lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqida tegishli xizmat
muassasalariga (mehnat birjalariga) murojaat qilgan kishilar kiradi. Mehnat
qilishga layoqatli bo’lib, ishlashni hohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar
ishsizlar tarkibiga kirmaydi.
29
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini
ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida
saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM uzilishi
shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy
YaIM dan katta bo’ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz
iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu
qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar haqiqiy
ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa,
milliy
iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli
darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi
kunda β koeffitsisnti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2,5 foizdan 3,5 foiz
oralig’ida deb hisoblanadi. Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash
mumkin:
U – U* = - 2.5 – 3 (U – U*)
U*
Bu erda U – real YaIM , U*- potentsial YaIM, U – ishsizlikning haqiqiy
darajasi, U* - ishsizlikning potentsial darajasi, -2,5 -3 koeffitsient
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning
ijtimoiy siyosati faqat
odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat
bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni
ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan
va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik
masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bandlik darajasi
quyidagicha aniqlanadi :
16 va undan katta yoshdagi band aholi soni
Bandlik darajasi =
16 va undan katta yoshdagi aholi soni
30
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha
odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun
dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va
bozor mexanizmini vujudga
keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda
ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi
masalalarni ham o’z ichiga oladi.
2013 yil davomida ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash
bo’yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida qariyb 970 ming
kishi ish bilan ta’minlandi.
Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko’rsatish va servis
sohasini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilib, ushbu sohalarda
480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod
yangi ish o’rinlari yaratildi.
Dostları ilə paylaş: